Zukko kitobxon tanlovi haqida bilarmidingiz?

Kitob – inson tafakkurini boyitadigan va fikrlashini o‘stiradigan beminnat ko‘makchidir. Shunday ekan, kitob o‘qigan har bir yosh keng dunyoqarash sohibi bo‘ladi. Mamlakatimizning barcha kitobxonlarini bir joyga jamlay olgan “Zukko kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi boshlandi. Mazkur tanlovning mart oyida oʻqiladigan kitoblar roʻyxatini e’lon qilindi.

1. “Abu Ali ibn Sino” (“Uyg’onish” to’plamidan)

2. “Oltin zanglamas” romani (Shuhrat)

3. “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” (Daniel Defo)

Kitoblar har bir kishi kundalik hayotning shovqin-suronidan panoh topishi mumkin bo‘lgan sehrli olamdir. Ular bizga vaqt va makon bo‘ylab sayohat qilish uchun cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi, dunyo va o‘zimiz haqida yangi narsalarni o‘rganishimizga, qiziqarli voqealarga shong‘ishimizga va hayajonli sarguzashtlarni boshdan kechirishga imkon beradi.

Har bir kitob dunyo, o‘zimiz va boshqa odamlar haqidagi tushinchamizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan noyob hikoyadir. Shunday ekan, nafaqat ko‘p o‘qish, balki bizni ilhomlantiradigan, boyitadigan sifatli va qiziqarli adabiyotlarni tanlash ham muhimdir. Kitob o‘qish nafaqat qiziqarli dam olish, balki rivojlanish va o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim qismidir.  Shunday ekan, kitob sahifalarida kitobxonlikning buyuk san’atini unutmay, o‘zimizga ham, boshqalarga ham yangi olamlarni kashf etish quvonchini baxsh etaylik.

Yuqorida aytib o‘tilgan kitoblarni o‘qib, siz ham tarixiy ham geografik bilimlarga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, bu asarlarning elektron versiyasi ham mavjud bo‘lib, siz ularni mutolaa qilishingiz uchun hech qanday daromad ham sarflamaysiz.  

Tanlovda ishtirok etish uchun  quyidagi telegram bot @kitobxontestbot orqali ro’yxatdan o’ting!