Siz bilmagan imtiyozlar to‘plami

Chet davlatlarda va yurtimizda talabalar uchun qanday imtiyozlar borligini bilasizmi?

Talabalikni inson umrining oltin davriga qiyoslanganligi bejiz emas. Chunki inson o’zining mazmunli hayoti davomida bir marta o’quvchi va bir marta talaba bo’lish baxtiga muyassar bo’ladi. Zero, talabalik inson umrining takrorlanmas va unutilmas bahoridir. Har bir talaba nechog’lik puxta bilim egallashida mamlakatda yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar va imkoniyatlar muhim o’rin tutadi. Shu boisdan dunyo davlatlarida talabalarga imtiyozlar joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Maqola davomida xorijiy mamlakatlar va yurtimizda talabalar uchun yaratilgan imtiyozlar haqida qiziqarli ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.

Italiya

Ushbu davlatda talabalar uchun 15 foizgacha chegirmalar tizimi mavjud. Qoida tariqasida chegirmalar go‘zallik, sport zallari, kafelar, teatrlarda amal qiladi. Buning uchun talabalik guvohnomangizni ko‘rsatishingiz kifoya qiladi. Shular qatorida, Italiyada talabalar uchun velosiped ijarasi ham bepul amalga oshiriladi.

Kanada

Kanadada talabalar uchun 50 % gacha chegirmalar bor. Transport chiptasining narxlari oddiy aholiga qaraganda 3 barobar arzonroq. Shuningdek, talabalik guvohnomasi karta sifatida ham o‘tadi. Biroq imtiyoz faqat universitet joylashgan shahar hududida amal qiladi.

Germaniya

Ta’lim muassasasining nufuziga qarab, talabalar hatto xalqaro transportda ham chegirma asosida foydalanish, metroda bir kishini o‘zlari bilan olib yurish imkoniyatiga ega. Germaniyalik talabalar uchun mamalakat hududida 40 foizli chegirma mavjud.

Rossiya

Bu yerda talabalar turli xil bonuslarga ega. Transportda imtiyozli sayohat qilishdan tashqari ular muzey, teatr va kinoteatrlarga bepul yoki yaxshigina chegirma bilan borishlari mumkin. Bundan tashqari yaqin yillarda bu davlatda talabalar shaharchasi qurilishi rejalashtirilmoqda.

Ispaniya

Ispaniyada talabalar hayoti juda oson bo‘lib ularning turmush tarzini yengil tashkil etishga katta e’tibor qaratiladi. Xorijlik talabalar uchun ham qator imkoniyatlar bor. Ispaniya yashash narxi pastligi va boy va qadimiy tarixiy davlatligi bilan xorijiy talabalarga ma’qul kelmoqda.

Turkiya

Turkiyada chet ellik talabalar, talabalik vizasi narxini to‘lashdan ozod etilgan. Bu taxminan 120 turk lirasi degani. Bundan tashqari chet ellik talabalar o‘qishni tugatgandan keyin Turkiya ish vizasi va Turkiya passportini olishi mumkin.

Braziliya  

Braziliyada chet ellik talabalar uchun top 50 ta universitet mavjud bo‘lib, ularda ta’lim olgan xalqaro talabalar uchun o‘qish xarajatlari avtomatik ravishda bepul hisoblanadi. Ushbu OTMlarda ta’lim olgan talabalar uchun ariza to‘lovi, turar joy, ovqatlanish, transport, darsliklar, sug‘urta, semester to‘lovi shular jumlasidan.  

O‘zbekiston

Yurtimizdagi talabalar uchun ham talaygina imtiyozlar mavjud bo‘lib, tarnsport kartalari, poyezd va samolyot chiptalari uchun bayram chegirmalari joriy etilgan.

Talabalar yotoqxonasi uchun to‘lovlar ham sharoitiga qarab arzonlashtirilgan narxlarda belgilangan.
Ha, har bir mamlakat taraqqiyotida bilimli yoshlarning o’rni alohida. Shu boisdan talaba yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar ularning puxta bilim egallab, o’z sohasida yetuk kadr bo’lishlari uchun zamin yaratadi.