Dars jarayonlarida diqqatni jamlashning Top 5 usuli

Ta’lim oluvchilar, nafaqat talabalar, abituriyentlar, o‘quvchilar uchun ham dars jarayonida hech narsaga chalg‘imasdan e’tiborli bo‘lish juda muhimdir. Buning boisi shundaki, inson miyyasi bir vaqtning o‘zida faqatgina bitta ishni to‘liq bajarishga moslashganidir.

Dars qilayotganda yoki leksiya darslarida o‘tirgan vaqtingizda ham diqqatni jamlash, tetik bo‘lish va e’tiborni yo‘qotmaslik uchun quyidagi beshta muhim tavsiyaga amal qilsangiz ta’lim jarayoni osonlashadi:

  1. Chalg‘ituvchi narsalardan uzoq turing – dars jarayoningizga halaqit beradigan barcha narsalarni atrofingizdan uzoqroq qo‘ying. Sizni, kitobdan uzoqlashtiradigan nimadir bo‘lsa barchasini yig‘ishtirib, iloji boricha tinch joyda dars qiling.
  • Diqqatingizni bo‘lmaydigan atmosfera toping – kutubxonalar dars qilish uchun juda qulay va eng yaxshi joy hisoblanadi. Shuning uchun kutubxonaga borib dars tayyorlashingiz yaxshiroq va tezroq samara beradi.
  • Jarayonlarni rejalashtiring – qilmoqchi bo‘lgan ishingizni reja qilib kundaligingizga yozib boring. Bu qoida sizni tartib bilan ish qilishga va belagilangan vaqt davomida yetarlicha ta’lim olishingizni ta’minlaydi.
  • Kun tartibingizni shakllantiring – kundalik yozing yoki bajarishingiz kerak bo‘lgan ishlarni ro‘yxat qilib hafta davomida yakunlab boring. Masalan, siz bir hafta davomida nechta kitobni o‘qib tugatmoqchisiz, nimalarni tayyorlamoqchisiz hamda boshqa mayda rejalaringizni tuzib chiqishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
  • Tanaffus qilishni unutmang – dars jarayonida tabiiyki, har qanday inson charchaydi, toliqadi. Shuning uchun, dars jarayonida ham bir soatdan miyyaga tanaffus berib turishingiz kerak. O‘rningizdan turib, turli xil mashqlar bajaring va biroz suv iching.

Ushbu tavsiyalar bilan sizning dars qilishingiz samarasini ikki barobarga oshiradi. Ammo har doim dars qilishingizdan avval shuni yodda tutingki, bilimning puxta bo‘lib yodda qolishi uchun miyyangizni tiniq va ishlashga tayyor holatga keltiring. Ko‘p hollarda talabalar va abituriyentlar charchoq hissi va notinchliklar sababli, unumli dars qila olmaydi. Bunday holatlarda eng to‘g‘ri yechim tanaffus qilish va havo almashtirish uchun ko‘chaga chiqishdir.  

Agarda siz darsni kompyuterda qiladigan bo‘lsangiz, u holda uning joylashishiga va oraliq interval masofasiga ham alohida e’tibor talab etiladi. Har doim kompyuter bilan shug‘ullanayotgan vaqtingizda nur o‘tkazmaydigan ko‘zoynak va stol ustida kaktus bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Monitor va boshingiz orasidagi masofa bo‘lsa 25-30 santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak. Ushbu muhim tavsiyalarni yodingizda saqlang va amal qiling.