MY.GOV.UZ da yana ikkita xizmat ishga tushirildi

My.gov.uz portalida yoshlarning IT-sertifikat xarajatlarini qoplash va o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 ta yangi davlat xizmati ishga tushirildi.

1.Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-Park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga subsidiya ajratish xizmati.

Ushbu xizmat turi orqali, bitiruvchisi IT xizmatlar eksport qiluvchi kompaniyaga o‘quv markazlariga BHMning 75 baravarigacha (25,5 mln so‘mgacha), nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi ishga joylashgan hollarda 105 baravargacha (35,7 mln so‘mgacha), bir martalik subsidiya ajratiladi.

2.Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha ariza yuborish.

Bu xizmat orqali ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Mazkur xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2024-yil 2-fevraldagi 51-sonli qaroriga muvofiq joriy etiladi.

So’nggi yillarda davlatimiz rahbarining yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularni sifatli ta’lim olishlari uchun munosib sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada yoshlar uchun barcha sohalarda keng miqyosda imkoniyatlar va yangiliklar joriy etildi.

Shular zamirida, Ziyo Forum ilm-fan va ta’lim tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi ham yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maskani qatoriga aylanib ulgurdi. Fond jamg‘armasi tomonidan har yili yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli tadbirlar, speaking clublar, forumlar, festivallar, musobaqalar, tanlovlar tashkil etilib borilishi yo’lga qo’yilgan.

Bir so’z bilan aytganda, bugun yurtimizda barcha imkoniyatlar yaratilgan My.gov.uz portali ham ikkita yangi davlat xizmatini ishga tushirilishi esa yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Har bir yoshdan bunday imkoniyatlardan foydalanib jamiyatda o’z o’rnini topishi uchun faqatgina mehnat va harakat talab etiladi. Zero millat taraqqiyoti va mamlakat rivojida iste’dodli va ilg‘or yoshlarning o’rni va roli muhimdir.