Toshkentdagi Wi-Fi hamda o‘qish uchun barcha sharoitlarga ega hamyonbop kafe va kovorkinglar.
Testo by Zamira&Co
Manzil: Shota Rustaveli ko‘chasi, 18-uy / Sodiq Azimov ko‘chasi, 54-uy
O‘rtacha hisob: 60 000 so‘m
Ko‘plab yoshlar shunday deydi: «Mazali xamir ovqatlar nafaqat ishtahani ochadi, balki fikrlash jarayoni tezlashtiradi». Testo by Zamira&Co — shaharning bosh chuchvaraxonasi bo‘lib, u yerda nafaqat mazali ovqatlarni yeyish, balki samarali shug‘ullanish ham mumkin. Ikkala filial ham shahar markazida joylashgan bo‘lib, ularni toppish juda oson. Bu yerda doimo osoyishtalik hukm suradi, Wi-Fi dan istaganingizcha foydalanishingiz mumkin. Noutbukingizni quvvatlantirish uchun barcha sharoitlar mavjud.
Zeyn’s Coffee and Ice
Manzil: Chilonzor tumani, 16-mavze, 24-uy
O‘rtacha hisob: 50 000 so‘m
Bepul Wi-Fi tarmog‘iga ega, tun-u kun ishlaydigan shinamgina kafe.
Zal doimo osuda, aksariyat mijozlar bu yerga aynan ishlash uchun tashrif buyurishadi. Narsalaringizni joylash uchun katta stollar – siz uchun shay holda. Xodimlar jamoasi yoshlardan iborat bo‘lib, barchaga do‘stona munosabatda. Kafeda nonushta qilish bilan bir qatorda, mazali kechki ovqatlarni ham yeyishingiz mumkin. Menyu xilma-xil bo‘lib, vegetarian va vegan taomlar ham mavjud.
B&B Chehov
Manzil: Chehov ko‘chasi, 25-uy
O‘rtacha hisob: 50 000 so‘m
Ko‘plab talabalar uchun bu kafe allaqachon sevimli bo‘lib ulgurgan, shuning uchun ular bu yerga tez-tez noutbuklari bilan kelib turishadi. Biz aynan Chehov ko‘chasidagi filialni tavsiya qilamiz. Bunga sabab ushbu qavhaxona ochilganiga hali ko‘p bo‘lmadi, hozircha u yerda odamlar gavjum emas. Tezkor Wi-Fi, ko‘plab rozetkalar borligi hamda kafe joylashuvining qulayligi barchaga manzur.
Sunpresso
Manzil: Yakkasaroy tumani, Rakatboshi ko‘chasi, 17-uy
O‘rtacha hisob: 30 000 so‘m
Ushbu kichik qahvaxona — o‘qishga e’tibor qaratishni xohlaydigan introvertlar uchun ajoyib maskan. Qahvaxonada Wi-Fi, qulay mebel hamda noutbuklarni quvvatlash uchun barcha sharoitlar mavjud. Qahvaxonaning afzalligi – uning sokinligida, bunga sabab o‘rindiqlarning kamligidir. Menyuda issiq ovqatlar yo‘q, faqatgina turli ichimliklar va shirinliklar mavjud.
Ground Zero kovorking
Manzil: Yunusobod tumani, C-6, 70-uy / Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6/7
Narxi: 1 soat — 30 000 so‘m
To‘liq ish kuni uchun — 80 000 so‘m
Shahar markazida ishlash va o‘qish uchun jihozlangan qulay joy. Tashrif buyuruvchilar nafaqat ish o‘rni va Wi-Fi dan, balki turli texnik vositalar (gadjetlar) va kanselyariya buyumlaridan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, amalga oshirgan to‘lovingiz ichida kofe, choy hamda shirinliklar bor. Mustaqillik ko‘chasidagi “Ground Zero” ofisi “Kitob Olami” kompleksi bilan yonma-yon joylashgan. Bu esa qo‘shimcha o‘qish istagida bo‘lganlar uchun yana bir afzallik. Qolaversa, kovorking atrofida tushlik qilish uchun ko‘plab kafelar ham mavjud.