Yurtimizdagi bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar soni oxirgi statistika ma’lumotlariga ko‘ra 1 009 271 nafarga yetgan.
Talabalar soni sohalar bo‘yicha quyidagicha:
Ta’lim – 317 872 nafar;
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 167 970 nafar;
Biznes, boshqaruv va huquq – 113 723 nafar;
San’at va gumanitar fanlar – 93 513 nafar;
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 74 868 nafar;
Sog ‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot – 60 023 nafar;
Xizmatlar sohasi – 46 852 nafar;
Qishloq, o ‘rmon, baliqchilik xo ‘jaligi va veterenariya – 46 556 nafar;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – 46 556 nafar;
Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 41 828 nafar.
Ulardan 650604 nafarini ya’ni 49.53 % erkaklar tashkil etsa, 662958 nafarini ya’ni 50,47 %ini xotin-qizlar tashkil etadi. Demak, oliy ta’limda ham xotin-qizlarning qamrab olinish ko‘rsatkichi ortgan.
Eng ko‘p talabaga ega top 5 ta oliy ta’lim muassasalar:
- O‘zbekiston Milliy universiteti;
- Farg‘ona davlat universiteti ;
- Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti;
- Urganch davlat universiteti;
- Toshkent amaliy fanlar universiteti.
Talabalar soni to‘lov shakli kesimida:
Davlat oliy ta’lim muassasalarida :
Davlat grandi – 15.92 %
To‘lov-kontrakt – 84,08 %
Nodavlat oliy ta’lim muassasalarida:
Davlat grandi – 0.35 %
To‘lov – kontrakt – 99.65 %
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida:
Davlat grandi – 10,68 %
To‘lov – kontrakt – 89.32 %
Talabalar eng zich joylashgan top 5 ta hudud:
- Toshkent shahri;
- Samarqand viloyati;
- Buxoro viloyati;
- Farg‘ona viloyati;
- Qashqadaryo viloyati.
Bu ko‘rsatkichlar har yili yangilanib, barcha ko‘rsatkichlar o‘zgarib boradi.