“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Yoshlarga imkoniyatlar kengaydi

2024-yil “Yoshlar va biznesni qo ‘llab–quvvatlash yili” deb nomlanishining o‘zi ham yoshlar uchun qancha imkoniyatlar ko‘zga olinganini nazarda tutadi. Prezidentimiz shu yilning 23-fevral kuni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

“Yoshlar balansi”

Farmon o‘z ichiga bir qator topshiriqlar va yangi loyihalarni qamrab olgan. Ulardan biri, “Yoshlar balansi” loyihasi bo‘lib, unga ko‘ra alohida iqtidor talab etadigan va iste’dodli va iqtidorli yoshlar, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlariga biriktiriladi.  Mas’ul rahbarlar har oyda bir marta o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rganishi, kasb-hunarga o‘qitishi orqali bandligi ta’minlashi, kerak bo‘lsa muammolarni hal qilish maqsadida, tashkilot budjetidan tashqari mablag‘lari va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Vazirlar Mahkamasi hisobidan moliyalashtirishi ko‘zda tutilgan.

“Besh tashabbus olimpiadasi”   

Yoshlarning iste’dodi va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida, “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida:

2024-yilning 1-martidan boshlab, ta’lim tashkilotlari, mahalla va korxona va tashkilotlar orasida, xorijiy tillar bo‘yicha tanlovlar, kibersport bo‘yicha tanlovlar va “Zakovat” intellaktual o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazish va mukofot jamg‘armasi 600 million miqdorida bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy hokimliklar tomonidan kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan yoshlarni o‘z hududlarida jihozlangan ustaxonalar bilan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan ta’minlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

“Yosh tadbirkor”

Yoshlar orasida biznes va tadbirkorlikni ommalashtirish va imkoniyatlar yaratish maqsadida:

  • Oilaviy tadbirkorlik doirasida ajaratilayotag kreditlarning 40 %ni yoshlar tadbirkorligini yo‘naltirishga qaratiladi;
  • 2024-yilning 1-iyunidan boshlab, “Yosh tadbirkor” tanlovini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Nogironligi bo‘lgan yosh tadbirkorlarning loyiha va g‘oyalariga alohida e’tibor beriladi. Bundan tashqari saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan loyihalarga BHMning 1000 baravarigacha imtiyozli kreditlar beriladi va g‘olib bo‘lgan loyiha va biznes reja egalarini Yosh tadbirkorlari qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan chet elga malaka oshirishga jo‘natiladi.   

“Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi”

Mahallardan IT hamda kompyuter texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni aniqlab, ularni xorijiy til sertifikatiga o ‘qitish, sertifikatlar olishini tashkil etish va ular tog ‘risidagi ma’lumotlari Raqamli texnologiyalar vazirlining maxsus axborot tizimiga kiritib borish ishlari tashkil etiladi.

“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini yoshlarni chet tillari va kasb-hunarga o‘qitish maqsadlariga yo‘naltirish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

“Ustoz” platformasi

“Ustoz” platformasi orqali yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish va u orqali 250 ming nafar yoshni qamrab olish ko‘zda tutilgan.

“Qizlar Akademiyasi” platformasi

Yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing va grafik dizayn kabi zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun ushbu platforma ishga tushiriladi va ular uchun turli xil tanlovlar, stajirovkalar, loyihalar, o‘quv oromgohlari tashkil etiladi.

“Biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi”  

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida biznes sohasi uchun qulay sharoitlar yaratish doirasida “Biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida 2024-yil yakunigacha:

Kompleks qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali 2 million aholini biznesga jalb qilish;

Yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali 5 million aholining bandligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish belgilangan.

Yana turli sohalar jumladan, ijtimoiy, biznes, tibbiyot, qurolli kuchlar, iqtisodiyot, yo‘l ta’mirlash va boshqa ko‘plab masalalar keltirib o‘tilgan. To‘liq farmonni quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin https://gov.uz/yoshlar/news/view/6380/