Oʻqishda yordam beradigan 7-ta foydali ilovalar

1. Timetable (Android)

Chiroyli dizaynga ega ilova Sizning maktab yoki universitet hayotingizni boshqarishga yordam beradi. Siz dars jadvali va uyga vazifalardan tortib, imtihonlargacha kiritishingiz mumkin.

2. Evernote (iOS, Windows, Phone va Android)

Rahbarlar, tadbirkorlar va ijodkor insonlar uchun foydali vosita. Uning yordamida gʻoyalarni osonlik bilan saqlash va saranjomlash mumkin. Eslatmalar, vazifalar va ish jadvalining bir joyda toʻlanishi hech narsani yoddan chiqarmasdan, istalgan loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.

3. FBReader (Windows, Android va boshqalar)

Elektron kitoblarni turli formatda oʻqish uchun qulay ilova. Qurilmangizda kitoblardan kutubxona yaratadi va mutolaa qilish imkoni beradi.

4. MyScript Calculator (Android va iOS)

Qurilmangizni interaktiv qogʻoz varagʻiga aylantiring. Shunchaki, misolni yozib, shu ondayoz javobga ega boʻling. Tahrir vositalaridan foydalanib, yangi elementlar qoʻshing. Avvalgi misol javobini olib oʻtib, yangi misolda foydalaning. Ilova har bir harakatingizni inobatga oladi.

5. Duolingo (Android va iOS)

Tillarni oʻrganish uchun eng mashhur onlayn platformalardan biri. Uning bazasida 30dan ortiq til roʻyxatga olingan boʻlib, shugʻullanish atigi bir necha daqiqa vaqtingizni oladi. Interaktiv usullar yordamida kundalik mashgʻulotlar odatga aylanadi va til oʻrganish qiziqarliroq boʻladi. Shuningdek, dasturda toʻgʻri javob uchun ochkolar yigʻish, yangi materiallarni ochish va soʻzlashuv koʻnikmalarini rivojlantirish mumkin. 

6. Wikipedia Mobile (Android, Windows Phone, iOS)

Vikimedia butunjahon fondi tomonidan ishlangan 280 ta tildagi 32 milliondan ortiq maqolalarni oʻz ichiga olgan ochiq ensiklopediya.

7. Words (Android va iOS)

Xorijiy soʻzlarini oʻrganish uchun ilova. Ixtiyoriy til bilish darajasidagi oʻrganuvchilar uchun mos keladi. Avtobusda ketayotganingizda yoki uzun navbatda turganingizda vaqtingizdan unumli foydalaning. Bir kunda atigi 20 daqiqa sarflasangiz, bir oyda soʻz lugʻatingiz sezilarli darajada yaxshilanadi, oson tushunib, erkinroq gapira boshlaysiz.