Oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi keskin ko‘tarildi

Yaqin yillar davomida yurtimizda ta’lim sohasi va uning sifatini keskin oshirish bo‘yicha bir qator qaror va Prezident farmonlari imzolandi. Mamlakatimiz yoshlarini maktabgacha ta’lim davridan tortib, oliy ta’limgacha bo‘lgan davriga tubdan o‘zgartirishlar kiritildi. Buning samarasi o‘laroq, millionlab yoshlar oliy ta’lim bilan qamrab olindi.

Ta’lim sohasidagi umumiy xizmatlar hajmining yarmidan ko‘pi oliy ta’lim xizmatlariga to‘g‘ri kelgan. Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 – yilning yanvar – fevral oylarida oliy ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1 792,7 mlrd so‘mni  yoki ta’lim sohasida ko‘rsatilgan jami bozor xizmatlari hajmining 57,1 foizini tashkil etgan.

Ma’lumot uchun: o‘tgan yilning shu davrida ushbu xizmat turning 50,7 foizini tashkil etgan.

Bu esa oliy ta’lim muassasalari, jumladan, xorijiy ta’lim muassasalaridagi talabalar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq.