Ob-havoga e’tibor kuchaytirildi  

Mana necha oylar mobaynida mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahri dunyoning eng havosi iflos shaharlari orasida yetakchilikni o‘z qolida ushlab turdi. Filtrsiz zavodlar, noo‘rin qurilishlar, chang bo‘ronlari buning eng katta sabablari bo‘lib qoldi. Prezident farmoni bilan joriy yilning 1-martdan boshlab, bu kabi muammolarni kamaytirish va atrof-muhitga e’tiborni kuchaytirish maqsadida yangi farmon imzolandi.

Unga ko‘ra:

Hududlarda chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarrachalari belgilangan normadan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini ogohlantirish, yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan hamda sog‘lig‘i havoning ifloslanishiga ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan boshqa fuqarolarni zarur profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

O‘lchami 500 metr kvadrat va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonlarida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etiladi;

Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotrasport vositalarining harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Bunda, ushbu cheklovlar maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmasligi belgilandi.

Farmonning to‘liq qismini quyidagi havola https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-2030-strategiyasini-yoshlar-va-biznesni-qollab-quvvatlash-yilida-amalga-oshirishga-oid-davlat-dasturi-togrisida_570596 orqali o‘qisangiz bo‘ladi. Atrof-muhitni ozoda saqlash va kelajak avlod uchun obod zamin yaratish yurtimizning barcha fuqarolarining burchidir. Go‘zal tabiatni zararlamaslik va toza havoni ifloslantirmaslikni har bir inson o‘ziga odat qilsa, yurtimiz har qachongidan ham o‘zining beqoyos ko‘rinishi va sofligini saqlab qoladi degan umiddamiz.

O‘zingiz va ona tabiatga also befarq bo‘lmang!!!!