Kiberbulling insoniyat uchun asosiy mumammo!!

Dunyo bo‘ylab har olti o‘smirdan biri kiberbulling haqida xabar beradi. Bu boradagi eng so‘nggi ma’lumotlarni BBC news taqdim etdi. Kiberbulling jamiyatlar uchun asosiy mumammo sifatida ko‘rilishi kerakligini ilgari surilmoqda.

Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti tadqiqotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har olti o‘smirdan biri kiberbullingni boshidan kechiradi. Tadqiqotlar davomida 44 davlatdan 279 mingdan ortiq yoshlar qamrab olingan.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, maktab yoshidagi bolalar pandemiyadan oldingiga qaraganda ko‘proq kiberbulling haqida xabar qilishadi. Hisobotda yoshlarda, olilalarda va maktablarda kiberbulling haqida ma’lumot berish uchun “tezkor ehtiyoj” borligi ta’kidlab o‘tilgan.

“Yoshlar har kuni olti soatgacha internetda vaqt o‘tkazishi bilan zo‘ravonlik va zo‘ravonlik darjasidagi kichik o‘zgarishlar ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin” – Doktor Xans Anri P. Kluge JSSTning Yevropa mintaqaviy direktori.

Xalqaro tadqiqotda butun dunyo bo‘ylab yoshlar o‘zlarining online tajribalari haqida so‘rov o‘tkazdi. Bu borada, doktor Xans Anrining yana bir fikrli juda ham asosli, –

“Bu ham sog‘liq, ham inson huquqlari muammosi va biz  bolalarimizni zo‘ravonlik va zararlardan, ham online, ham offline himoya qilish uchun harakatni kuchytirishimiz kerak” – deydi u.

Butun dunyo va yoshlar ongini zaharlovchi xavf-xatarlardan ogoh qilish, himoya qilish nafaqat ota-onalar balki davlatlarning ham eng dolzarb masalalari qatorida bo‘lib qoldi.