Fransuz tilini o‘rganish uchun 6 ta bepul sayt

Agar siz dunyodagi eng chiroyli va romantik tillardan birini o‘rganishni istasangiz, unda bugungi saralangan to‘plam aynan siz uchun mo‘ljallangan. Axir bu fransuz tilini o‘rganishga bag‘ishlanadi.

Ushbu kurslar endigina boshlayotganlarga ham, takrorlab xotirasini mustahkamlayotgan va yangi narsalarni o‘rganishni istayotganlarga ham mos keladi.

1. Le Francais

Bu kurs – yangi boshlayotganlar uchun ajoyib qo‘llanma. Barcha darslar onlayn tarzda o‘tkaziladi va audio hamda video qo‘llanmalar bilan birga olib boriladi, shu tufayli o‘quv jarayonida siz o‘zingizni to‘liq la Douce France (ba’zan fransuzlarning o‘zlari aytganidek – Dilbar Fransiya) muhitiga tushib qolgandek his qilishingiz mumkin.

Shuningdek, ushbu sasytda «Fransuz tili 100 kun ichida» kabi maxsus “challenge”lar ham mavjud bo‘lib, sizdan faqat xohish va shijoat talab qilinadi.

Kursga qo‘shilish:
https://www.le-francais.ru/ 

2. Les Verbes

Ushbu sayt grammatikani o‘zlashtirishga va fe’llarning tuslanishini o‘rganishga yo‘naltirilgan.

Batafsil:
http://www.les-verbes.com/ 

3. Podcast Francais Facile

Bu eshitish ko‘nikmalarini yaxshilashga, aniqrog‘i, muayyan so‘zlar talaffuzini va eshitilishini o‘rganishga yordam beradigan subtitrli audioyozuvlar to‘plamidir.

Ushbu saytda bir necha turdagi audioyozuvlar orqali grammatika, diktantlar yozish, madaniyat, til tarixi va boshqa ko‘plab narsalarni o‘rganishingiz mumkin.

To‘plam – fransuz tilini bilish darajasidan qat’iy nazar, hamma uchun mos.

Batafsil:
https://www.podcastfrancaisfacile.com/ 

4. Onlayn fransuz tili darslari

Darslar sizga fransuz tili dunyosiga sho‘ng‘ib, undagi grammatika, dialoglar, turli mavzularni o‘z ichiga olgan nazariy bilimlardan tortib, turli mashqlarni o‘z ichiga olgan amaliy bilimlar bilan tugovchi barcha qismlarni o‘rganishga imkon beradi.

Shuningdek, saytda ko‘plab qiziqarli maqolalarni topishingiz mumkin, masalan, yanada samarali o‘rganish uchun dasturlar va repetitorlar ro‘yxati bunga misol bo‘la oladi.

Batafsil:
https://francaisonline.com/grammatika

5. Bescherelle

Kurs turli mashqlar va o‘quv o‘yinlaridan tashkil topgan, bu tarzda tilni o‘rganish ham yoqimli, ham foydali. Saytda shuningdek, o‘tilgan mavzularni mustahkamlash uchun kitoblar, darsliklar, testlar va ovozli diktantlar ham mavjud.

Kursga qo‘shilish:
https://bescherelle.com/

6. So‘zlarni eslab qolish uchun mashq vositasi

Ushbu sayt – mashq vositasining o‘ziga xos bir turi, chunki texnik yodlash va turli o‘yinlar so‘z boyligini oshirishga yordam beradi.

So‘zlarni quyidagi rubrikalarda o‘rganishingiz mumkin: “So‘zni toping”, “So‘zni yig‘ing”, “Jumlani to‘plang”, “Tinglang va eslab qoling”. Har bir rubrika bir-biridan farq qiladi, masalan, dastlab so‘zning tarjimasini topish so‘raladi, undan keyin esa bugun, ertagi va keyingi kunlar uchun o‘rganiladigan so‘zlar ro‘yxati taqdim etiladi.

Batafsil:
https://hosgeldi.com/fr/index.html 

Umid qilamizki, biz tomondan saralangan to‘plam siz uchun foydali bo‘ldi va siz o‘zingizga mos, fransuz tilini o‘rgatuvchi mukammal kursni topdingiz. Omad tilaymiz!