AQSH oliygohlarida qishki bayramlar qanday nishonlanadi?

Seton Hall University 

Universitet mamlakatdagi eng yaxshi bayram tadbirlari va qiziqarli Yangi yil dasturlari uchun har yili taqdirlanib keladi. Ularning har yilgi Yangi yil archasi oldidagi tabriklarini koʻrib, bunga oʻzingiz ham guvoh boʻlishingiz mumkin:

Wake Forest University 

1965-yildan buyon oliygohda bayram munosabati bilan an’anaviy «Muhabbat bayrami» oʻtkaziladi. Bunda Yangi yilga bagʻishlangan musiqa, raqslar va albatta, bayram muhiti tashkil etiladi. Soʻz oʻrnida, tadbirlarni hattoki bitiruvchilar ham oʻtkazib yubormaydilar:

College of William & Mary

Ushbu kollejda qadimiy an’ana bor — bu barcha uchun yoqimli va muhim boʻlgan qurigan Yangi yil archasini yoqishdir. U Yol — qadimiy qish bayramiga borib taqaladi.

Gulxanda yoki kaminda yondirilgan eman daraxti eski yil tugashini va yangi yil kelishini anglatadi. U yonayotganda talabalar Yangi yil qoʻshiqlarini kuylashadi, issiq shokolad ichishadi va «Imtihonlardan oldingi kecha edi» she’rini tinglashadi. Santa Klaus kostyumini kiygan direktor esa talabalarga «Grinch Rojdestvoni qanday oʻgʻirlagan» ertakini oʻqib beradi:

Samford University

Alabamada qish iliq boʻlib, qor boʻlmasa ham, bu talabalarning yangi yil kayfiyatiga toʻsqinlik qilmaydi. Dekabr oyi boshida talabalar universitet cherkoviga gulchambarlar osib qoʻyishadi, konsert zalida yigʻilib, qoʻshiqlar kuylashadi va Rojdestvo musiqasini tinglashadi:

Stanford University

Stenfordda Yangi yilning oʻziga xos ramzi — bu universitetning barcha bayramlari va boshqa tadbirlarida qatnashadigan norasmiy talismani — doimo yashil daraxtdir.

Bayram arafasida talabalar archa, qaragʻay va boshqa daraxtlar libosini kiyadilar. Ularning fikricha, daraxt universitetning erkin va demokratik ruhini yaxshi aks ettiradi. Ammo bu ramziylikni hamma ham qadrlamaydi. Stenford daraxti muntazam ravishda universitetning eng yomon talismanlari roʻyxatiga kiritilgan, ammo chiroy nuqtayi nazaridan biz unga birinchi oʻrinni beramiz:

Belmont University

Ushbu universitetda bayram keng miqyosda nishonlanadi. Universitet bayram konserti milliy televideniyada namoyish etiladi.

Universitet musiqa maktabi talabalari an’anaviy Yangi yil qoʻshiqlari, jazz va simfonik asarlarni ijro etadilar. Taniqli yulduzlar, jumladan Grammy mukofoti sohibi Sherril Krou, Keti Metteya va boshqalar konsertlarda mehmon sifatida ijro etadilar.

Konsertga kirish oson emas, chunki chiptalar tadbirdan ancha oldin sotilib ketadi. Ammo, hozir Siz ham uning ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin: