Dunyoning eng zo‘r universitetlaridan 6 ta bepul ingliz tili kursi

“Duke University”dan ingliz tilida yozish bo‘yicha to‘liq kurs

Top universitetning bepul kursi ilmiy ishlar, tadqiqot loyihalari va motivatsion xatlarni yozishda sizga yordam beradi. Siz matnni to‘g‘ri tuzishni, fikrlaringizni dalillashni va o‘z mavqeyingizni  tushuntirishni o‘rganasiz.

Kursni o‘tash:  
https://www.coursera.org/learn/english-composition

“King’s College London”dan endi boshlayotganlar uchun kurs

“Elementary” darajasi – ingliz tilini o‘rganishni endi boshlaganlar va qo‘shimcha shug‘ullanishni istaganlar uchun mo‘ljallangan asosiy kurs.

Kurs yakunida bepul sertifikat beriladi.

Kursni o‘tash: 
https://www.futurelearn.com/courses/basic-english-elementary 

“UPValenciaX”dan ingliz tilida ish yuritish kursi

Biznes-ingliz tili xusiyatlari va ish qog‘ozlarini yuritish qoidalarini o‘rgatuvchi, sertifikat beruvchi bepul kurs.

Kursni o‘tash: 
https://www.edx.org/course/upper-intermediate-english-business

“University of Queensland”dan ingliz tili grammatikasi bo‘yicha kurs

Ingliz tili grammatikasiga oid barcha qoidalarni noldan boshlab o‘rgatuvchi 8 haftalik fundamental kurs. 

Batafsil:
https://courses.edx.org/courses/course-v1:UQx+Write101x+2T2020/course/ 

“Macquarie University”dan (Avstraliya) “IELTS SPEAKING” bo‘yicha bepul kurs

Ushbu sertifikat beruvchi bepul kurs so‘zlashuvni rivojlantirishga mo‘ljallangan.

Kursga yozilish:
https://www.futurelearn.com/courses/improve-ielts-speaking

“Pre-Intermediate” darajasi uchun sertifikat beruvchi bepul kurs

“King’s College London” tomonidan taqdim qilingan kurs – ingliz tilini o‘rganishni davom ettirayotganlar va yangi leksik hamda grammatik qoidalarni o‘rganishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Kurs so‘ngida sizni bepul sertifikat kutmoqda.

Kursga yozilish:
https://www.futurelearn.com/courses/basic-english-pre-intermediate