Xatolarni toʻgʻrilash uchun saytlar roʻyxati

Orfograf

Ushbu xizmat Artemiy Lebedev studiyasida yaratilgan bo‘lib, matnlarni  xatolarga tekshirishga mo‘ljallangan. Xizmat lug‘atida yo‘q so‘zlar boshqa rang bilan ajratib ko‘rsatiladi. Uni ish oynasining o‘ng burchagida ko‘rsatish mumkin.

Yandeks.Speller

Matndagi xatolarni onlayn to‘g‘rilash imkonini beruvchi xizmat. Buning uchun matnni kiritish va tekshirishni boshlash kerak. Xatoliklar qizil rang bilan ajratiladi, pastki oynada esa tezkor to‘g‘rilash uchun variantlar ko‘rsatiladi.

Onlinecorrector

Google hujjatlar uchun kengaytma. Uni brauzerga o‘rnatgach, real vaqt rejimida xatoliklarni aniqlash mumkin. 

Orfo

Matndagi xatoliklarni tuzatish uchun dastur, uni xizmat saytida yuklab olish mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar e’tiboriga xatolarni aniqlashning onlayn versiyasi ham taqdim etilgan. Xatoliklar turiga ko‘ra qizil va yashil rangda ko‘rsatiladi. Oflayn versiya ko‘plab funksiyalarga ega bo‘lib, harflarni avtomatik to‘g‘rilash mumkin.

5-ege.ru

Sayt kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, matnlar bilan ishlash uchun ham mos keladi. Buni amalga oshirish uchun kontentni tekshiruvchining tegishli bo‘limiga o‘tib, matnning bir qismini joylashtirish kerak. Tekshirish boshlangandan so‘ng, xatosi bo‘lgan so‘zlar to‘g‘ri variantlari bilan birgalikda matn ustida ko‘rsatiladi.

Bugaga

Ushbu xizmat bepul onlayn orfografik yordam ko‘rsatadi. Tezkor tekshiruv imlo xatolar ro‘yxatini va ularni tuzatish variantlarini taqdim etadi. Bir vaqtning o‘zida oynaga 10 mingtagacha belgi kiritishingiz mumkin.