Ta’limdagi islohotlar samarasi bilinyaptimi?

Yaqin yillar davomida ta’lim olish sifatini oshirish va dars jarayonlarini tubdan isloh qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari amalga oshirildi. Keling, ular haqida atroflicha ma’lumotlar va statistika bilan tanishamiz.

Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunning yangi tahriri 2020 -yil 24 – sentabrdan kuchga kirgan. Yangi qonunning asosiy farqlari “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunni yangi tahririda ba’zi elementlari avvalgi ilovadan bir qancha o‘zgarishlardan farq qiladi. Jumladan, yangi qonun yangi imkoniyatlarni yaratishga, ta’lim olishni keng qamrab olishga qaratilgan va aholining barcha qatlami ta’lim olishiga qaratilgan. Mazkur yangi Qonunning qabul qilinishi esa ta’lim masalasining tarbiya bilan uzviy bog‘liqligi ta’minlanadi. Bu bilan ijtimoiy hayotimizning hozirgi bosqichida, xususan, har bir yoshni shaxs sifatida ma’rifatli kamolga yetkazish vazifalari bayon etilgan. Qonunga yana boshqa ko‘plab yangilanishlar kiritilgan bo‘lib, barchasi yaqin yillar davomida ijtimoiy sohani rivojlantirish va ta’limni takomillashtirishga qaratilgan. Batafsil lex.uz saytidan o‘qib olishingiz mumkin.

Yaqin uch yil ichida talabalar soni qanchaga ko‘paydi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining stat.edu.uz rasmiy saytidagi oliy ta’lim tashkilotlaridagi talabalar sonida keltirilganidek, 2019/2021-yil 571512 , 2021/2022 – yil 808456 abituriyent talabalar safidan joy olgan. 2022/2023 – yilgi statistikalarga qarasak ushbu ko‘rsatkichlar sezilarli darajada oshib 1329286 tani tashkil etdi. Demak, talabalar yaqin uch yil ichida deyarli 4 barobarga oshib, ta’lim bilan qamrab olish ham sezilarli ko‘paydi.

2023 – yilda oliy ta’lim muassasalari soni nechtaga yetdi?

Stat.edu.uz saytidagi ochiq ma’lumotlariga qarasak, bugungi kunga kelib yurtimizda OTMlar soni sezilarli darajada ko‘paygan. Misol uchun, 2021-yilgi statistikalarga ko ‘ra yurtimizda umumiy (davlat/nodavlat) – 162 ta oliygoh bo‘lgan. 2022 – yilda 179 ta oliygoh mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2023 – yilga kelib esa 220 taga yetdi. Demak, yaqin uch yil davomida 100 ga yaqin yangi OTM va filiallar tashkil etilgan. Bu ko‘rsatkichlar avvalgi yillarga nisbatan ancha yuqori va ta’lim sohasidagi katta islohotlardan biri deb ayta olamiz.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlariga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

2023-yil 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorgako‘ra 2024 – 2025 – o‘quv yilidan boshlab:

OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi. Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

Dunyo reytinglarida oliy ta’lim muassasalarimizning o‘rni qanday bo‘lmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham oliy ta’lim sohasida davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish belgilangan. Birgina misol, yurtimizdagi 28 ta oliy o‘quv yurti TOP–1000 talik reytingga kirish uchun da’vogar sifatida qayd etildi. Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi. Tanlovda belgilangan ushbu mezonlardan ham ko‘rinib turibdiki, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘quv va tashkiliy samaradorlik sezilarli o‘sib bormoqda.

Talabalarni yotoqxonalar bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari qanday?

2022-yilgi ma’lumotlarga qarasak, yurtimizda 2017-2022 yillarda yotoqxonalarda 56 mingtalik o‘rin bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar 2010-2016 yillarga qaraganda, 28 barobarga ko‘paygan. 2016 – yil O‘zbekiston Respublikasida 77 ta oliygoh bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning miqdori 172 taga yetdi. Talabalar miqdori ham 200 mingdan 800 mingga ko‘paydi. 2023-yil ko‘rsatkichlariga ko‘ra 91 mingga yaqin talaba yotoqxonalarda yashaydi. Yotoqxonalarga bo‘lgan talab ham ikki barobarga oshadi. Shuning uchun, yotoqxonalar soni ham ikki barobarga ko‘paytirilishi zarur.

Oliygohlarda o‘qituvchi-professorlar soni ko‘rsatkichlari qanday?

Hozirgi kunga kelib oliy ta’lim muassalari 220 taga yetgan bo‘lsa, professor-o‘qituvchilarning soni 41104 taga yetgan. Har bir oliy ta’lim muassasasi uchun yo‘nalishlar kesimida, olib qarasak professorlar soni juda kam. Shu sabali, talabalar kredit-modul nizomi bo‘yicha fanlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘la olishmayapti. Bu bo‘lsa talabalarga ortiqcha ovvoragarchilik va keraksiz fanlar muammosini keltirib chiqarmoqda.

Xulosa qilib, aytadigan bo‘lsak yaqin yillar davomida ta’lim sohasida rivojlanish ishlari hamda unga bo‘layotgan e’tibor tahsinga loyiqdir. O‘quvchining maktab ta’limi davridan to universitet ostonasiga qadar bo‘lgan jarayonlari ham tubdan yangilandi va qator o‘zgartirishlar, yengilliklar kiritilib yoshlarning ta’lim olishi bilan bog‘liq muammolariga yechimlar ko‘rsatildi.