Talabalar bo‘sh vaqtini nimalarga sarflaydi?

Talabalar bo‘sh vaqtlarini xohishlariga qarab har xil o‘tkazishadi. Kimdir bo‘sh vaqtlarida kutubxonalarga borsa yana kimdir sayohat qilishni yoki boshqalar bo‘sh vaqt topildi deguncha do‘kon aylanishni xush ko‘radi. Talabalar bo‘sh vaqtlarida turli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi mumkin. Masalan, bir nechta misollarni keltirib o‘tamiz;

1. Sport va jismoniy tarbiya – ayrim talabalar sport bilan shug‘ullanish uchun fitness markazlariga borishlari yoki oddiygina ochiq havoda mashq qilishni xush ko‘rishadi.

2. Ko‘ngillilik va ijtimoiy ish – ko‘p talabalar ko‘ngilli loyihalar va tashkilotlarda ishtirok etadilar, yoki artof-muhit jamoat tashabbuslarida qatnashadilar.

3. O‘qish va o‘z-o‘zini tarbiyalash – talabalar fikrlashni kengaytirish uchun kitoblar, jurnallar, audio kitoblar o‘qishni yoki o‘quv video kontentini tomosha qilishni afzal ko‘rishadi.

4. Ijodiy va sevimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish– talabalar rasm chizish, suratga olish, qo‘shiq aytish, cholg‘u asboblarini chalish va h.klar kabi ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishadi.

5. Ijtimoiy tadbirlar– talabalar ko‘pincha universitet tomonidan yoki undan tashqarida tashkil etilgan turli partiylar, konsertlar, sport tadbirlari va boshqa ko‘ngilochar bayramlarda qatnashadilar.

6. Sayohat va ekskursiyalar– ayrim talabalar bo‘sh vaqtlarida ham mamlakat ichida ham chet elda sayohat qilishni va yangi joylarni kashf qilishni afzal ko‘radilar.

7. Do‘stlar bilan muloqot – ko‘plab talabalar bo‘sh vaqtlarini do‘stlari bilan o‘tkazadilar, turli kafe, restoranlar, kinoteatrlarga tashrif buyurishadi va shunchaki suhbatlashish uchun uchrashadilar.

Avlod Media talabalar bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishini ularning o‘zlaridan to‘g‘ridan – to‘g‘ri intervyu olib bilib oldi. Keling, ularga batafsil to‘xtalamiz;

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urgench filiali talabasi Berdiyeva Marjon

“Bo‘sh vaqt topildi deguncha rasm chizishni yoqtiraman. Bolaligimdan ranglar dunyosi, har xil figuralar va miniatyuralar chizishga qiziqaman. Shu sabab, balki hozir ham o‘zimga yoqqan qandaydir qahramon yoki kinofilm dekoratsiyalarini qog‘ozga tushirib qo‘yishni odat qilganman”

O‘zbekiston Milliy Universiteti talabasi Qodirjonova Sarvinoz

“Men doim bo‘sh vaqtlarimda universitet tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etaman. Kitob o‘qish va kutubxonalarda dars qilish, kursdoshlarim bilan istirohat bog‘lariga borishni ham yaxshi ko‘raman’’

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti talabasi Rahimjonov Bobur

“O‘qishdan bo‘sh vaqtlarimda ishlayman. Ishdan bo‘sh paytlarimda dam olishni afzal ko‘raman chunki, inson o‘ziga ham vaqt ajratib turishi kerak deb hisoblayman”

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti talabasi Xojimurodova Maftuna

“Darsdan keyin ishlayman, ishdan bo‘sh vaqtlarim uy tozalash va yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘laman. Odatda, vaqtim bo‘lsa ukam bilan dars qilish va turli xil o‘yinlar o‘ynashni ham yaxshi ko‘raman”

O‘zbekiston Milliy Universiteti talabasi Jamolov Xusniddin

“Bo‘sh vaqtlarimda o‘rtoqlarim bilan sayr qilishni, dam oladigan joylarga borishni yaxshi ko‘raman. Musiqa tinglash va qo‘shiq kuylashga juda qiziqaman. Bu rejalarimni asosan dam olish kunlariga to‘g‘rilashga harakat qilaman chunki haftaning boshqa kunlari o‘qish va ish bilan dam olishga vaqt kamroq bo‘ladi”

Guvohi bo‘ganimizdek, talabalar bo‘sh vaqtlarida har doim o‘zlari yoqtirgan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishadi. Lekin talabalarning ko‘pchilik qismi bo‘sh vaqt topildi deguncha sayohat qilishni, do‘stlari bilan ko‘rishishni yoqtirishlarini aytishdi. Talabalarning o‘qishdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Ziyo Forum ilm-fan va ta’lim tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi tomonidan ko‘plab loyihalar, partylar, lektoriumlar va turli xil qiziqarli musobaqalar ham tashkil etilgan. Fond tashkilotchilari tomonidan har hafta kamida ikkita event o‘tkazilib, talaba yoshlar bilan yuqori kayfiyatda, bahs va munozaralarga boy tarzda olib boriladi. Ziyo Forum haqidagi barcha ma’lumotlarni fondning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan https://ziyoforum.uz/, https://www.instagram.com/ziyo_forum?igshid=YTQwZjQ0NmI0OA==, https://www.youtube.com/@ZiyoForum bilib olishingiz mumkin. Vaqtingizni behuda narsalarga sarflamang! Zero vaqt qaytarib bo‘lmas boylik sanaladi.