Milliy sertifikat imtihonlarida baholash tartibi o‘zgartirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-sonli qaroriga muvofiq, umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha tashkil etiladigan sinov jarayonlarida qatnashish istagidagi talabgorlarga elektron ariza topshirish imkoniyati yaratildi. Shu asnoda ular davlat namunasidagi sertifikatlarni elektron shaklda berish yo‘lga qo‘yildi. Qarorni to’liq o’qish uchun havola: https://lex.uz/pdfs/6749986

Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test sinovlarida ishtirok etishga ariza berish va sertifikatlarni elektron shaklda olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ushbu xizmatlarni davlat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish zarurati yuzaga kelayotgani alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Prezidentimizning “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish, soha va tarmoq hududlarini raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 24-maydagi PQ 162-son qarori ijrosini ta’minlash, milliy test sinovlarida ishtirok etishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori quyidagi uchta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi:

  1. Umumta’lim fanlarini bilish darjasini baholashning milliy test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha murojaatlari O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal https://my.gov.uz/uz orqali elektron shaklda qabul qilish tartibini joriy etish;
  2. Talabgorlardan davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini talab qilishni bekor qilish;
  3. Umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatni QR kod qo‘ygan holda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida talabgorga yuborish haqidagi qoidani belgilash ko‘zda tutilgan.

Baholash mezoniga ko‘ra endi talabgorlar uchun maksimal ball — 75 ball bo‘ladi va undan 65 ball (86 foiz) olganlarga kirish imtihonida maksimal ball beriladi.

  1. 70+ ball olganga — A+ daraja;
  2. 65 – 69,9 ball olganga — A daraja;
  3. 60 – 64,9 ball olganga — B+ daraja;
  4. 55 – 59,9 ball olganga — B daraja;
  5. 50 – 54,9 ball olganga — C+ daraja;
  6. 46 – 49,9 ball olganga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

Milliy sertifikat imtihonlarini topshirish va sertifikat olish narxi 405 ming so‘m qilib belgilangan.Quyidagi toifadagi talabgorlarga chegirmalar berilishi ham tasdiqlangan bo‘lib, ular:

  1. “Ijtimoiy himoya yagona reyeestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar;
  2. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtihon pulidan 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

Oldingi sertifikatlar taqdiri Rash modeli joriy etilgungacha bo‘lgan olingan sertifikatlar to amal qilish muddati tugaguncha o‘z kuchida qoladi. Agarda siz ushbu o‘zgartirish e’lon qilinishidan oldin milliy sertifikat olgan bo‘lsangiz sertifikatingiz muddati tugagunga qadar o‘zgarishlar amal qilmaydi. Sertifikat muddati tugagach imtihonlar tartibi yangi qaror bo‘yicha amalga oshiriladi.