Biz Toshkentdagi barcha kitoblar saqlanadigan joylarni aniqladik va ushbu kutubxonalar to‘plamini sizlar bilan bo‘lishdik.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi
Internetga kirish uchun Wi-Fi bilan ta’minangan kompyuterlar mavjud. Shuningdek, o‘zingiz bilan noutbuk olib kelishingiz yoki kutubxonaning o‘zida netbuklarni ijaraga olishingiz mumkin.
*Internet uchun alohida to‘lov qilish kerak.
Kitoblar faqat o‘qish zallarida foydalanish uchun beriladi. Elektron kitoblardan foydalanish uchun kutubxona saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.
Bundan tashqari, kutubxonada so‘zlashuv klubi va 3 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun o‘yin xonasi mavjud.
ID-karta narxi – 7000 so‘m. Foydalanish muddati – 3 yil.
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 1-uy, mo‘ljal: “Mustaqillik” maydoni
Ish vaqti: 09:00 dan 20:00 gacha, shanba va yakshanba: 09:00 dan 17:00 gacha
Bog‘lanish uchun: (71) 232 83 94
Toshkent viloyat Turon axborot-kutubxona markazi
Wi-Fi hamda kompyuterlar mavjud.
Kutubxona ro‘yxatidan o‘tib, maxsus kartaga ega bo‘lgan foydalanuvchilar kitoblarni o‘zi bilan olib ketishi mumkin. Elektron manbalardan foydalanish uchun kutubxona saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.
Manzil: Yashnaobod tumani, Ohangrabo ko‘chasi, 1-uy, mo’ljal: 212-maktab
Ish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha
Bog‘lanish uchun: (71) 280 13 62; (71) 280 13 64
“Bilim” markaziy shahar kutubxonasi
Internetga ulangan kompyuterlar mavjud.
Kutubxona ro‘yxatidan o‘tib, maxsus kartaga ega bo‘lganlar kitoblarni o‘zi bilan olib ketishi mumkin, ammo noyob va qimmatbaho nashrlar faqat o‘qish zalida foydalanish uchun beriladi.
Kutubxonaga a’zo bo‘lish narxi – 10000 so‘m, amal qilish muddati – 3 yil.
Manzil: Chilonzor tumani, Chilonzor mavzesi, «S» kvartali, Qatortol ko‘chasi, 12 va 14-uy, mo‘ljal: Media Park savdo markazi, Atlas
Ish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha
Bog‘lanish uchun: (71) 276 66 30; (71) 276 66 79; (71) 276 75 61
Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi
Internetga ulangan kompyuterlar hamda Wi-Fi mavjud.
Kitoblarni o‘zingiz bilan olib ketishingiz yoki o‘qish uchun mo‘ljallangan uch zaldan birida – umumiy, elektron va nemis tili zallarida o‘qishingiz mumkin.
Kutubxonoga a’zo bo‘lish – bepul.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon ko‘chasi, 12a-uy, mo‘ljal: Hamid Olimjon metro bekati
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Bog‘lanish uchun: (71) 237 48 52
Mirobod tumani axborot-kutubxona markazi
Internetga ulangan kompyuterlar hamda kattalar va bolalar uchun ikkita alohida o‘qish zali mavjud.
Kutubxonoga a’zo bo‘lish – bepul.
Manzil: Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasi, 12-uy, mo‘ljal: 65-maktab
Ish tartibi: 9:00 dan 18:00 gacha
Bog‘lanish uchun: (71) 291 03 18
Respublika ko‘zi ojizlar markaziy kutubxonasi
Ko‘zi ojizlar uchun JAWS dasturiy ta’minotiga ega kompyuterlar mavjud.
Kutubxona bazasida audiokitoblar yozish studiyasi hamda o‘quvchilarni Brayl alifbosidagi adabiyotlar bilan ta’minlaydigan tahririyat bo‘limi mavjud.
Bundan tashqari, o‘zi mustaqil yura olmaydigan nogironlar uchun kitoblarni uyga yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Manzil: Uchtepa tumani, Chilonzor 22-kvartal, 13-uy, mo‘ljal: NBF Med klinikasi
Ish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha
Bog‘lanish uchun: (71) 217 24 09, (71) 275 06 40, (71) 217 24 07