Talaba,qay hollarda talabalikdan mahrum etiladi?

Talaba,qay hollarda talabalikdan mahrum etiladi?

Talabalik davrlarning eng zo’ri. Inson kelajakdagi kasb-kori uchun tamal toshi qo’yiladigan muhim palladir.Shoirlar bu paytni inson hayotining bahori deya e’tirof etishi ham bejiz emas.Talabalik davri hammaga ham nasib etavermaydi. Demak bu baxt,bu omad. Unitmaslik lozimki, ayni shu davr sinov va ma’suliyat pallasi hamdir. Boisi, har bir talaba mazkur davrda,o’z yo’nalishi bo’yicha chuqur bilim olishi, sohasini puxta o’zlashtirishi muhim hisoblanadi.Unitmaslik kerakki, talabalikni huquqlari va erkinliklari bilan birga majburiyatlari ham belgilanganki,bunga amal qilmagan talaba uchun mazkur davrning zavqu shavqi begona.Agar talaba qonun xujjatlarida belgilangan qonun -qoidalarga rioya qilmasa o’qishdan chetlashtirilishi mumkin:
Xo’sh, Talaba oliy ta’lim muassasasidan qaysi hollarda chetlashtirilishi mumkin?
Muhriddin Shamsiddinov – advokat :

-Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 36-bandiga muvofiq, talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
1) o‘z xohishiga binoan;
2) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
3) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
4) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
5) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
6) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
7) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

8) vafot etganligi sababli.
Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.
Ishonamizki,yurtimiz kelajagi talaba-yoshlarning mukammal bilim olishlari v a jamiyatda o’z o’rnini topishlariga bog’liq. Shunday ekan bu davrda har bir talaba ishtiyoq bilan bilim olishi,o’ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishi lozim Bu borada ular omad va kuch-g’ayrat tilaymiz.