Korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolar davlat himoyasida

Normativ va huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portali regulation.uz da korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida yangi qonun muhokamaga qo‘yiladi.


Xo‘sh, bu qonun o‘zi kerakmi? Fuqarolar qanday tartibda yoki qanday shaklda himoya qilinadi? degan savollarga maqola davomida birgalikda javob olamiz.


Ushbu qonunning asosiy maqsadi korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, xalollik standardtini joriy qilish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida jamiyat manfaatlarini ko‘zlab xabar bergan shaxslarni himoya qilish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish va ularni himoya qilish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish va ularni himoya qilish bilan bog‘liq boshqa munosabatlarni tartibga solishdan iborat.


Ta’kidlab o‘tish kerakki, ushbu qonun 9 bob 47 moddadan tashkil topgan bo‘lib, 1-bob “Umumiy qoidalar”, 2-bob “Xabar beruvchini himoya qilish va rag‘batlantirish sohasida davlat organlarining vakolatlari”, 3-bob “Xabar beruvchining maqomi, uning huquq va majburiyatlari”, 4-bob “Xabar beruvchini himoya qilish borasidagi ish beruvchining huquq va majburiyatlari”, 5-bob “Xabar berish turlari, tartibi va xabarlarning toifalari”, 6-bob “Xabar beruvchini himoya qilish”, 7-bob “Himoya choralarini qo‘llash va bekor qilish tartibi”, 8-bob “Xabar berishni rag‘batlantirishning umumiy asoslari” , 9-bob “Yakunlovchi qoidalar” haqida to ‘liq asoslangan.

Ushbu qonun kerakmi o‘zi?

Avval, korrupsiya holatiga guvoh bo‘lgan fuqaro davlat organlari xodimlariga xabar bergan taqdirda, uni himoya qilish doirasida hech qanday asos bo‘lmagan edi. Ushbu qonun loyihasi qabul qilinsa, qonun buzilishi haqida xabar bergan shaxs davlat himoyasida bo‘ladi, bundan tashqari uning ism-familiyasi va shaxsiy ma’lumotlari oshkor etilmaydi hamda belgilangan zarur himoya va rag‘batlantirish ishlari olib boriladi.

Fuqarolar qanday tartibda, qanday shaklda himoya qilinadi?
Keling, shu savolni keng talqin qilamiz. Fuqarolar korrupsiya holati sodir etilgani haqida xabar berishsa, qonunning 4-moddasida keltirilganindek, ular quyidagi prinsiplar asosida himoya qilinadi:

  • Qonuniylik;
  • Xabarlarni jamiyat manfaati sifatida ko‘rib chiqish;
  • Himoya qilishning adolatliligi;
  • Xolislik;
  • Xabar beruvchi haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishi;
  • Xabar beruvchining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, shaxsiy hayot, turar joy va mol mulkning daxlsizligini ta’minlashdir.
    5-moddada bo‘lsa xabar beruvchilarni rag‘batlantirish va himoya qilish kafolatlari keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra;
  • Xabar beruvchining hayoti, sog‘lig‘i, shaxsiy va ishchanlik obro‘si hamda mol-mulkning himoya qilinishi;
  • Xabar beruvchining shaxsiga oid ma’lumotlar yoki boshqa sir tutilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlarning uchinchi shaxslarga oshkor qilinmasligi;
  • Zarur huquqiy yordam bilan kafolatlanishi;
  • Xabar beruvchidan qasd olishga qaratilgan, shu jumladan uni noqonuniy ta’qib qilish va uni jazolashga yo‘l qo‘ymaslik;
  • Xabar beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rag’batlantiriladi (xohishiga ko‘ra u rag‘batlantirilishdan voz kechishi ham mumkin);
    Mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar xabar beruvchining yaqin qarindoshlariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.

Maqola davomida qonun haqida qisqacha tasavvurga ega bo‘ldik va o‘rganib chiqdik. Ushbu qonun loyihasi hali https://regulation.gov.uz/oz/d/97322 normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga qo‘yilgan bo‘lib, 49-moddada belgilanganidek, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tib kuchga kiradi.