Bugun siz bilan talaba bo‘lishiga qaramay o‘zini blogerlikda ham sinab kelayotgan, bugungi kunda o‘z obunachilariga ega, salomatlik inson hayotida muhim o‘rin egallashini qayta-qayta ta’kidlashdan charchamaydigan yosh va shijoatli qiz o‘zining blogerlik faoliyati hamda unda duch kelgan muammoli vaziyatlar bilan o‘rtoqlashadi.
Nigina Alisherovna – bloger, Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-kurs talabasi, kelajakda ginekolog-xirurg bo‘lish niyatida. Hozirda 21 yosh.
Blogerlikka ilk qadam
Blogerlik faoliyatiga qiziqishim boshlanganiga ancha bo‘lgan, lekin o‘z faoliyatimni 2020-yil avgust oyidan boshlaganman. Boshlashdan oldin rejalar tuzib, shu rejalar bo‘yicha harakat qilganman.
Doimo o‘z soham bilan bog‘liq yangiliklarni kuzataman, o‘z ustimda tinimsiz ishlab, tibbiy bilimlarimni boyitib boraman. Organizm uchun nima foydali-yu nima zarar ekanligini, yuz parvarishida nimalarga e’tibor qaratish lozimligini yaxshi bilganman. Atrofimdagilar: yaqinlarim, dugonalarim aynan shu narsalar bilan bog‘liq muammolarga duch kelishganda men ularga o‘z maslahatlarimni berganman, ular esa bunga amal qilib, ma’lum muddat o‘tgach, maslahatlarim foyda berganini aytib, rahmat deyishgan. O‘shanda qanchalik xursand bo‘lganimni so‘z bilan ta’riflay olmayman. Axir kimgadir foydam tegdi-ku!
Karantin boshlangach, o‘zim qizziqan soha – salomatlik bo‘yicha blog ochib, uni yurita boshladim va bloger bo‘ldim.
Hech kim bir deganda ideal bo‘lib qolmaydi, xatolar bizni tarbiyalaydi
Boshida, hamma singari menda ham ko‘p xatoliklar bo‘lgan: bir xil mavzudagi kontentlarga o‘ralashib qolganman, kuzatuvchilarim uchun nima qiziq ekanligini yaxshi tahlil qilolmaganman.
Kontent yaratishda rasmlar sifati, rakurslarga deyarli e’tibor bermasdim, shunchaki qo‘limga telefonni olib video yoki rasm olaverganman. Hozir esa bu narsalarga e’tiborliman: shtativdan foydalanaman; yorug‘lik, kontrass va fonga ahamiyat beraman.
Reklama borasida ham xatoliklar bo‘lgan: buyurtmachilar mahsuloti profilmda uzoq aylangan, oqibatda obunachilarim zerikib, “oxvat” tushib ketgan.
Hech kim bir deganda ideal bo‘lib qolmaydi, xatolar bizni tarbiyalaydi
Boshida, hamma singari menda ham ko‘p xatoliklar bo‘lgan: bir xil mavzudagi kontentlarga o‘ralashib qolganman, kuzatuvchilarim uchun nima qiziq ekanligini yaxshi tahlil qilolmaganman.
Kontent yaratishda rasmlar sifati, rakurslarga deyarli e’tibor bermasdim, shunchaki qo‘limga telefonni olib video yoki rasm olaverganman. Hozir esa bu narsalarga e’tiborliman: shtativdan foydalanaman; yorug‘lik, kontrass va fonga ahamiyat beraman.
Reklama borasida ham xatoliklar bo‘lgan: buyurtmachilar mahsuloti profilmda uzoq aylangan, oqibatda obunachilarim zerikib, “oxvat” tushib ketgan.
“Negativchilar”ga munosabatim va obunachilarimni aldamasligim
Obunachilarimni aslo blokka tiqmaganman, chunki menda “xeytlar” deyarli yo‘q, onda-sonda yozib qolishligini hisobga olmasa, albatta. “Negativchilar”ga munosabatim neytral, chunki hammaning o‘z fikri bor, kimningdir juda ham yoqimsiz xabarini o‘chirib yuborishim mumkin, lekin hech qachon ularni blok qilmayman.
Obunachilarimni aldamayman, aldamaganman, agar vaziyat taqozo etsa ham, aldamayman, chunki bunday vaziyatlar bo‘lgan. Oddiy misol, menga reklama uchun narsa tashlab ketishgan, uni reklama payti maqtab, yaxshi tomonlarini ko‘rsatib berishim kerak bo‘lgan, lekin u mahsulotning yaxshi tomonidan ko‘ra yomon tarafi ko‘proq bo‘lgan. Shu vaziyatda buyurtmachilarga qo‘ngiroq qilib, bu narsani reklama qilmasligimni va mahsulotni olib ketishlarini aytganman. Bunday vaziyatlar ko‘p bo‘lgan, kelgusida ham aldash niyatim yo‘q. Obunachilarim ishonchi – birinchi o‘rinda!
Kuzatuvchilarim faqat qizlardan iborat
Mening kuzatuvchilarim ayol-qizlardan iborat, chunki men yuritayotgan blog ko‘proq ayol-qizlar uchun qiziqarli va foydali. Meni Ko‘proq 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar kuzatadi.
Meni kuzatishlariga sabab – o‘zbek tilida yuz parvarishi va organizm salomatligi haqidagi yuritiladigan bloglar juda kam. Mendagi kontentlar mix formatda: “life stile” bilan uyg‘unlashgan. Bundan tashqari reklama beruvchilar tomonidan kuzatuvchilari ko‘proq qizlar bo‘lgan blogerlar yuqori baholanadi.
Blogerning asosiy daromadi – reklama
Blogim rivojlangach, reklamalar olishni boshlaganman. Ularning narxini o‘zim belgilayman. Mening reklamalarim qimmat emas, hammaning imkoniyati ko‘taradigan darajada, lekin shunga qaramay duch kelgan reklamani olavermayman.
Xalqimiz orasida yaxshi bir gap bor: Bog‘ingni yaxshi parvarish qilsang, undan yaxshi hosil olasan.
PS: Xarajatsiz harakat – nolga teng.
Vaqtdan unumli foydalanish
Blog yuritish uchun alohida vaqt ajratmayman, chunki ish va o‘qishdan charchagan paytim, dam olmoqchi bo‘lsam, blogimga e’tibor qarataman. Blog yuritish orqali dam olaman desam ham bo‘ladi.
Blog – pulmi yoki zavq?
Birinchidan, blogerlikni “katta pul topaman” deb boshlash kerak emas, bu – mening shaxsiy fikrim. Faqat pul uchun boshlansa, ko‘p narsaga erishib bo‘lmaydi, qiziqish bo‘lsa, yaxshi ko‘rib qilinsagina, o‘shanda yaxshi natijaga erishish mumkin.
Bloger qanday bo‘lsa, o‘zini shunday ko‘rsatishi kerak, albatta, bu qiyin. Hammaga ideal bo‘lib ko‘rinishga harakat qilsak, qiziq bo‘lmay qoladi, chunki bloger kuzatuvchilari uchun “serialga” o‘xshaydi, shu sababli qiyinchiliklar ham, siqilgan paytlar ham, umuman, hayotda ro‘y berayotgan hamma narsa iloji boricha aslidek ko‘rsatilsa, qiziqarliroq bo‘ladi. Seriallarda hamma narsa ideal bo‘lmaganidek, blogerlar ham hamma narsani idealdek ko‘rsatishga urinmasligi kerak. Hamma narsa tabiiy bo‘lsa, shunda qiziq bo‘ladi.
Men uchun Diplom kerak
O‘zim juda ham qiziqqan soha bu – tibbiyot, o‘zim shu sohada o‘qiyman. Bu sohoda diplomsiz umuman iloji yo‘q, shuning uchun menga diplom zarur va, albatta, kelajakda kuchli mutaxassis bo‘lishim, chet ellarda o‘qishim uchun menga diplom kerak. Niyatlarim juda katta.
Kelajakda o‘zimni malakali shifokor sifatida ko‘raman
Kelajakda o‘zimni chet elda o‘qib kelgan yoki u yerda faoliyat yuritadigan ginekolog-shifokor sifatida ko‘raman, albatta, bu borada o‘z bilimlarimni rivojlantirib, o‘qib-o‘rganib, kelgusida shu sohada ham blog yuritish niyatim bor. Faoliyatimdan asosiy maqsad: ayollarimiz, opa-singalarim, qizlarimizga imkon qadar yordam berish!
Muallif: Jamshid Max