9 May-Xotira va qadrlash kuni

Bugun Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga 79 yil to’ldi. Poytaxtimizning Xalqlar Do’stligi maydonidagi Shomahmudovlar yodgorligi Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada xalqimizning mardonavor va salmoqli hissasining  unutilmas haqiqati timsolidir. Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov (1891—1970) va uning xotini Bahri Akramova (1903—1987) boshpanasiz qolgan, turli millat vakillari boʻlgan 13 bola va urushdan so’ng yana 3 bolani oʻz tarbiyalariga olishgan. Urush vaqtida bunday insonparvarlikning yuksak namunasini ko’rsatgan oilalar bizning aziz yurtimiz O’zbekistonda ko’p bo’lgan.

Bugun ushbu yodgorlik majmuasining atrofi har qachongidanda gavjum. Ko’plab vatandoshlarimiz bugun bu yerga oshiqmoqdalar.

«Ziyo Forum» ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi tomonidan o’tkazilgan loyiha doirasidagi savol-javoblar,o’zaro muloqotlar ushbu yodgorlik majmuasiga kelgan yoshlarni ham befarq qoldirmadi.

Adodlarimiz xotirasini yod etish, yoshlar oʻrtasida mazkur kunning mazmun mohiyati targʻib qilish,qahramonlar xotirasi abadiyligini taʼminlash maqsadida, savol-javob tarzida oʻtkazilgan loyiha  davomida,  ishtirokchi yoshlarga «9 may Xotira va qadrlash kuni» tarixiga oid savollar berilib, ularning javoblari tinglandi. Qatnashuvchilar tomonidan ajdodlarimiz jasorati yodga olinib, xalqimizning matonati- fidoyiligi, e’tirof etildi.

Loyiha qatnashchilariga Ikkinchi jahon urushi vaqtida jasorat va mardlik ko‘rsatgan o‘zbekistonliklarga hurmat ramzini ifodalovchi sharaf lentalari tarqatildi. E’tirof etish kerakki,bayrog‘imiz ranglaridagi sharaf lentalarini ko’ksiga taqqan har bir vatandoshimiz, g’urur, iftixor,faxr tuyg’ularini tuygani shubhasiz.

Shuningdek,loyihada ishtirok etgan yurtdoshlarimizga qahramonlarcha halok boʻlgan ajdodlarga hurmat bajo keltirish va ularga minnatdorchilikni ifodalovchi iboralar yozilgan futbolkalar ham ulashildi.

Loyiha doirasidagi interaktiv savol-javoblar poytaxtimizningg turli joylarida o’tkazildi.Unda ishtirokchilar berilgan savollarga topqirlik bilan javob berdilar.Buyuk ajdodlarimizning ikkinchi jahon urishiga qo’shgan hissasini katta iftixor bilan tilga olishdi.Ishtirokchilarga «Ziyo Forum» ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi tomonidan futbolkalar ulashildi, sharaf lentalari tarqatildi.

Xulosa qilib aytganda,o’tkazilgan loyiha har birimizni ajdodlarimizning vatanparvarliligi, mardligi, sabrliligi va Ikkinchi Jahon urishida ko’rsatgan ulug’ jasoratini doimo eslab turushimiz hamda unutmasligimizga  undaydi.Bu esa har bir yoshga motivatsiya beradi. Zero, Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.