TOP 10: Semizlikdan aziyat chekayotgan mamlakatlar

Har ikkinchi katta odam va har oltinchi kichik yoshdagi bola ortiqcha vaznga ega yoki semizlikdan aziyat chekmoqda. Biz bugun semizlikdan aziyat chekayotgan mamlakatlar TOP 10 taligini tuzib chiqdik. Ushbu reytingni tuzishda Jahon iqtisodiyoti va rivojlanish kengashining ma’lumotlariga tayandik.

10-o‘rin: Finlandiya

Semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar: 24,8 %

Finlandiyaning shahar aholis orasida “Gipodinamiya” eng keng tarqalgan hodisadir. Gipodinamiya – jismoniy harakatsizlik degani. Aynan  shu holat Filandiyada semirish xavfini 10% ga oshiradi. Finlandiyaliklar yog’ iste’moli bo‘yicha dunyoda uchinchi, shakar iste’moli bo’yicha esa to‘qqizinchi o‘rinda turishadi. Bundan tashqari, so‘nggi 10 yil ichida 2-darajali qandli-diabet bilan og‘rigan yoshlar soni ham anchagina ko‘paygan.

9-o‘rin: Chili

Semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar: 25,1 %

1980-yillarning oxiriga qadar kambag’al chililiklar orasida to’yib ovqatlanmaslik keng tarqalgan edi. Biroq, bugungi kunda, mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, kattalarning to’rtdan uch qismi ortiqcha vaznga ega yoki semirib ketgan. Mamlakat rasmiylar, ayniqsa, dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan biri bo’lgan bolalarda semirish darajasidan xavotirga tushib qolishgan. Misol uchun, Chilidagi 6 yoshli bolalarning yarmidan ko’pi ortiqcha vaznli yoki semirib ketgan.

8-o‘rin: Kanada

Semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar: 25,8 %

Tahlilchilarning fikricha, yaqin orada Kanadada alohida g’amxo’rlikka muhtoj bo’lgan ko’plab kasal va nogironlar paydo bo’ladi. Turli manbalarga ko’ra, bugungi kunda semizlik bilan bog’liq kasalliklarni davolash Kanada tibbiyotiga har yili 4,6 dan 7,1 milliard dollargacha tushmoqda.

7-o‘rin: JAR (Janubiy Afrika)

Semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar: 26,5 %

OITS tarqalishi tufayli bu yerda vazn yo’qotish kasallik sifatida qaraladi. Aynan shu sababli ham Janubiy Afrikada ozg’in odamlarga nisbatan salbiy munosabat shakllangan. Kattaroq vazn va katta boylik o’rtasidagi ko’p asrlik bog’liqlikni hatto aparteiddan keyingi davrda paydo bo’lgan tananing ideal o’lchami haqidagi Evropa g’oyalari ham bartaraf eta olmadi. Bu yerda katta ayollarni hali ham ularning vazni uchun sevishadi, bu ularning salomatlik va moliyaviy darajasini belgilab beradi.

6-o‘rin: Buyuk Britaniya

Semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar: 26,9 %

Buyuk Britaniya G’arbiy Yevropadagi semizlik darajasi eng yuqori bo’lgan davlatdir. Birlashgan Qirollikda 1990-yildan to hozirgi kunga qadar semirish darajasi 92 foizga oshgani aniqlangan.

5-o‘rin: Avstraliya

Semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar: 27,9 %

Avstraliya hukumati vazn yo’qotish operatsiyalari uchun pul to’lashni boshlashi ham mumkin. Haqiqiy milliy ofatga aylangan semizlikka qarshi kurashish uchun avstraliyalik soliq to‘lovchilardan oshqozonni bandaj bilani bog‘lash operatsiyalari xarajatlarini qoplash taklif qilinmoqda.

4-o‘rin: Vengriya

Semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar: 30 %

Daniya 2009-yilda yilda oziq-ovqat mahsulotlaridagi yog’larga qo’shimcha soliq to’g’risidagi qonunni qabul qilgandan so’ng, Vengriya 2011-yilda aholi o’rtasida «chips solig’i» deb nomlangan soliqni joriy qildi. Biroq, bu choralar Vengriyaning ushbu reytingda to’rtinchi o’rinni egallashiga to’sqinlik qila olmadi.

3-o‘rin: Yangi Zelandiya

Semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar: 30,7 %

Reytingdan uchinchi o‘rinni 30,7% ko‘rsatkich bilan Yangi Zelandiya egalladi. Bu muammo Tinch okeani orollarida yashovchi boshqa xalqlar singari mahalliy an’anaviy ovqatlanish odatlaridan ko’ra G’arb fast-fudlarini afzal ko’rgan mahalliy maori xalqiga ko’proq ta’sir qilgan bo’lsa-da, semizlik oq rangli Yangi Zelandiyaliklar orasida keng tarqala boshladi.

2-o‘rin: Meksika

Semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar: 32,4 %

Ortiqcha vaznli odamlar soni bo’yicha ikkinchi o’rinni Meksika egalladi, bu yerda bemorlarning 32,4 foizida semirish qayd etilgan. Prognozlarga ko’ra, 2030-yilga borib bu ko’rsatkich deyarli 39 foizga yetadi.

1-o‘rin: AQSh (Amerika)

Semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar: 38,2 %

AQSh hali  ham semizlik tashxisi qo’yilgan eng ko’p odam bo’lgan mamlakatligicha bo’lib qolmoqda, bu mamlakatdagilarning 38,2 foizini tashkil qiladi. Agar davlatning aholini oziqlantirish borasidagi siyosati keskin o’zgarmasa, 10-15 yil ichida bu ko’rsatkich 45 foizdan oshishi mumkin.