“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti 9 nafar talaba qizlarga ham nasib etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  2024-yil 4-mart kuni “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan bir qator xotin-qizlarni taqdirlash to‘g‘risidagi PQ 111-son qaror https://president.uz/uz/lists/view/7066ni imzoladi.

Qarorda keltirilganidek, 2024-yil 24 nafar xotin-qizlar ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlandi. Quvonarlisi shundaki, ular orasida 9 nafar yosh talaba qizlar ham bor. Keling, ushbu talaba qizlar va ularning qaysi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishi bilan tanishib chiqamiz:

  1. Ko‘kanova Nursulu Jenisbay qizi – Qoraqalpoq Davlat Universiteti 4-bosqich talabasi;
  2. Xojiboyeva Niginaxon O‘tkir qizi – O‘zbekiston Milliy Universiteti 3-bosqich talabasi (Jizzax filiali);
  3. Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati);
  4. Xakimova Dilshoda Oybek qizi – O‘zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
  5. Ahmadjonova Muhayyohon Akramjon qizi – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
  6. Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi – Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);
  7. Yo‘ldasheva Muhayyohon Alisher qizi – Farg‘ona politexnika institutining 4-bosqich talabasi;
  8. Sapayeva Risolat Rustam qizi – O‘zbekiston Davlat Xareografiya akademiyasi 2-bosqich talabasi  (Urganch filiali);
  9. Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna – O‘zbekiston Davlat Xareografiya Akademiyasi 1-bosqich talabasi.

Ushbu talaba qizlarimiz bilan nafaqat ularning ota-onalari hamda o‘zlari ta’lim oladigan oligohlar, yaqinlari ham birdek quvonishdi va faxrlanishdi. Shuni alohida, aytish lozimki, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari safi yildan-yilga ko‘payib, turli sohalarni qamrab olayotgani ham tahsinga sazovordir.

“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti nechinchi yilda ta’sis etilgan?

 Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1999-yil 10-iyundagi farmoniga binoan taʼsis qilingan. Maktab, litsey, kollej va oliy oʻquv yurtlarida aʼlo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida isteʼdodini namoyon qilib taʼlim olayotgan, istiqlol gʻoyalarini amalga oshirish yoʻlida astoydil mehnat qilayotgan 30 yoshgacha boʻlgan iqtidorli xotin-qizlarga adabiyot, madaniyat, sport, sanʼat, fan, taʼlim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi. Mukofot Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ikkitadan vakillariga jami 28 nafarga beriladi. Mukofotning har biri eng kam oylik ish haqqining 50 baravari miqdorida tayinlangan. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari boʻlgan maktab, litsey, kollej oʻquvchilari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi, ularga koʻkrak nishoni va diplomi topshiriladi. Mukofot Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasining raisi rahbarlik qiladigan komissiya xulosalari asosida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan har yili 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida egalariga topshiriladi. Ushbu mukofot misolida mamlakatimizda ayol – qizlarimizga ehtirom va e’zoz naqadar  yuqori darajada ekanligi va ularning yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi qo‘shayotgan xizmatlarini munosib rag‘batlantirish namunasi bo‘lib, ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.