Boshqalarga yordam berish bizning ichki ehtiyojimizdir. Ayniqsa, biz yosh, kuch va g‘ayratga to‘la paytimizda, lekin nimadan boshlash kerakligi har doim ham aniq emas.
Volontyor Kamila Fatkullina bilan birgalikda talabalar qanday xayrli ishlar qilishlari va bugungi kunda har birimiz dunyoni yaxshiroq qilish uchun nima qilishimiz mumkinligini aniqlaymiz.
Agar yordam berishni istasam, nimadan boshlashim kerak?
Men sizga volontyorlar harakati ishtirokchisi bo‘lgan do‘stlaringiz bilan suhbatlashishni va ular bilan bir nechta tadbirlarga borishni maslahat beraman. Yoki darhol volontyorlar tashkilotlari bilan bog‘laning va ularga bevosita sizni qiziqtirgan barcha savollaringiznibering. Ularning Telegramdagi gruppalari yoki kanallariga qo‘shilishingiz, faoliyatini kuzatib borishingiz va asta-sekin qo‘shilib ketishingiz mumkin.
Talaba volontyorlar tashkilotiga qanday qo‘shilishi mumkin?
Istagan har kim ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Ko‘pgina tashkilotlarda ishtirokchilardan biri bilan qisqa suhbat kifoya. Keyin sizni Telegram kanalga qo‘shishadi. «Помогаторы», «Солнышко», «Звёзды добра» tashkilotlarining Telegramda o‘z gruppalari bo‘lib, u yerda tadbirlarni e’lon qilib borishadi, odamlarni to‘plashadi, yig‘ilish vaqtlarini belgilaydilar. Barcha aloqalar o‘sha yerda kechadi.
Masalan, «Время Чудес» tashkilotida jarayon biroz boshqacha. Dastlab, siz «Kirish uchrashuvi» deb nomlangan guruhga qo‘shilishingiz va tashkilot a’zolari bilan kichik suhbat uchun uchrashishingiz kerak. Ushbu uchrashuvlarda a’zolar qoidalar, nozik nuqtalar bilan tanishadilar, ular bilan o‘yinlar o‘ynaladi va boshqa ishtirokchilarga tanishtiriladilar. Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlaringiz bilan so‘rovnoma ham to‘ldirishingiz kerak.
Ayni paytda «Время Чудес» ko‘plab volontyorlarni birlashtirgan. Har birining o‘z kichik guruhi va ularning bog‘lovchisi bor. Ishlab chiqilgan tizimi mavjud, tadbirlar haqida biz maxsus yangiliklar kanali orqali bilib olamiz, bu juda ham qulay.
Volontyorlar tashkilotiga qo‘shilishda hech qanday qiyinchiliklar yo‘q.
Agar men tashkilotga a’zo bo‘lsam, barcha tadbirlarda ishtirok etishim kerakmi?
Agar haqiqatan ham vaqt va xohishingiz bo‘lsagina, tadbirlarda ishtirok etishingiz mumkin. Axir, o‘zingizda imkoniyat bo‘lmasa, boshqalarga yordam berish va xayrli ishlar qilish imkonsiz. Shaxsan men bir nechta tashkilotlarga a’zoman, tadbir va safarlarga bo‘sh vaqtim va imkoniyatim bo‘lganidagina qo‘shilaman.
Tashkilotlarga qo‘shilmasdan qanday qilib yordam berish mumkin?
Misol uchun, bu moliyaviy yordam bo‘lishi mumkin, ya’ni muayyan ehtiyojlar uchun pul yig‘ish. Ko‘plab talabalar stipendiyaga yashaydi. Kimdir ularning puli o‘ziga zo‘rg‘a yetayotgan bir paytda moliyaviy jihatdan boshqalarga yordam berishning imkoni yo‘q deb o‘ylashi mumkin, lekin har qanday yordam – qo‘shilgan katta hissadir, har qanday miqdordagi yordamning uyati yo‘q. Xayrli ish uchun hatto 10.000 so‘m ham – katta hissa. Tasavvur qiling, 100 ta talaba 10.000 dan qo‘shsa, bir million bo‘ladi!
Bundan tashqari, xayriya safariga qo‘shilishingiz mumkin. Masalan, «Hayot» tashkiloti hayvonlar boshpanasi, ko‘pincha, itlar yoniga tashrif buyurish va ularni parvarish qilishda yordam berishlari uchun o‘z safarlarini tashkil qiladi. Itlarni sayr qildirish, ovqatlantirish, ular bilan o‘ynash, uylarinini tozalash va hatto bu safardan uyingizga yangi do‘st – uy hayvoni bilan birga qaytishingiz ham mumkin.
Talabalar uchun eng qulay variant – axborot yordami. Bir yil oldin bu hech qanday yordam emas deb o‘ylab, xayriya haqidagi xabarlarni repost qilishdan uyalardim, lekin bunday emas.
Agar moliyaviy yordam berish uchun imkoniyatingiz bo‘lmasa, kimningdir yordam haqidagi so‘rovini o‘z istoriyangizda joylashtirib, siz omma va o‘z obunachilaringizga bu haqida xabar bersangiz bo‘ladi. Ular orasida, albatta, yordam beradigan kamida 2-3 kishi topiladi. Shuningdek, siz repost zanjirini ishga tushirgan bo‘lasiz. Bu ham muhim ahamiyatga ega.
Nima uchun volontyorlik bilan shug‘ullanasiz?
Men volontyorlik bilan 15 yoshimdan beri shug‘ullanaman va shu vaqtdan boshlab muhtoj bo‘lganlarga quvonch, ezgulik va mehr berish, g‘amxo‘rlik qilish meni ruhlantirib keladi. Shu bilan birga, volontyorlik katta energiya beradi. Har bir tadbirdan keyin hafta davomida xush kayfiyatda yurishim mumkin. Ba’zan ko‘zlarim yoshlanganini his qilaman – bu ezgulik ko‘z yoshlari. Ushbu muhitga bir marta tashrif buyurganingizdan so‘ng o‘zingizni to‘xtata olmaysiz.
Meni ruhlantiradigan kuch – bolalarning hissiyotlari, ularning ko‘zlaridagi samimiy quvonch. Shuningdek, meni volontyor do‘stlarim ham ruhlantiradi. Biz barchamiz butkul har xilmiz, lekin bu dunyoni yanada yaxshiroq qilish niyati bizni birlashtiradi.
Agar Kamila sizni ezgu ishlarga ilhomlantirgan bo‘lsa, siz hozirning o‘zida volontyorlik tashkilotlari bilan bog‘lanishingiz va xayrli ishlar qilishingiz mumkin:
Mehr va Oqibat
Instagram: mercy and kindness
Raqam: +99890 940-17-75
Ezgu Amal
Instagram: ezgu_amal
Raqam: +99893 183_26-22
Mehrli Qo‘llar
Instagram: mehrli_qollar
Raqam: +99871 267-39-61
Hayot
Instagram: hayot_jizn
Raqam: +99890 357-44-77
Line of Life
Instagram: _lineoflife
Raqam: +99894 677-11-10
Med Clowns
Instagram: medclowns.uz
Raqam: +99890 126-20-72
Время Чудес
Instagram: vremya.chudes
Raqam: +998 90 908-08-11
Солнышко
Instagram: solnishko__uz
Raqam: +998 90 1755125
Помогаторы
Instagram: _pomogator
Добрые Дизайнеры
Instagram: dobrie_dizayneri
Telegram: @aisha_aliwerovna
Звезды Добра
Instagram: zvezdi_dobra
Raqam: +99897 720-07-11
Если не мы, то кто
Instagram: eslimeni_tokto
Raqam: +99899 857-05-25