Vashington universitetida ishbilarmonlik ingliz tili kursi

«Business English Communication Skills» onlayn-kursi professional sohada ingliz tilida samarali muloqot qilishni oʻrgatish uchun yaratilgan. 

Uning yordamida soʻz boyligingizni oshirishingiz, ingliz tilidagi yozma va ogʻzaki koʻnikmalaringizni ham ijtimoiy, ham professional muloqotda yaxshilashingiz, shuningdek, biznes muzokaralar, telefondagi muloqot, yozma hisobotlar, elektron xabarlar va professional taqdimotlarda ishlatishingiz mumkin boʻlgan terminlarni oʻrganib olasiz. 

Kurs davomiyligi 6 oy boʻlib, uning spikerlari Vashington universitetining ikki yetakchi oʻqituvchilari – Richard Mur va Vendi Asplin. Nazariy qismdan tashqari amaliy tajriba ham beriladi va vazifalar muvaffaqiyatli bajarilgach, sertifikat taqdim etiladi.

Kursga havola orqali qoʻshilish mumkin: https://www.coursera.org/specializations/business-english