Turkiya ta’lim tizimi 2-qism

Oldingiz maqolamizda biz Turkiya ta’lim tizimining barcha bosqichlari haqida, maktabgacha ta’limdan tortib to oliy ta’limgacha hammasi haqida aytib o‘tgan edik. Maqolamizning ikkinchi qismi esa bundan-da qiziqarli! Biz endi chet el fuqarolari qanday qilib Turkiya universitetlarida ta’lim olishi mumkinligi haqida gaplashamiz.

Universitetga kirishda chet elliklarga qo‘yiladigan talablar

Xorijlik talabgorlar Turkiya universitetlariga o‘qishga kirish uchun turk yoki ingliz tilini mukammal bilishlari lozim. Abituriyentlarning talabga mos kelishi yoki kelmasligi, ularni saralash, tanlash va baholash OSYM markazi tomonidan amalga oshiriladi.

OSYM – “Orgenci Sceme re Yerlrestime Merkeri” (“Talabalarni qayta joylashtirish markazi”) deganidir. Xorijliklar ushbu markazga murojaat qilishadi va markaz xizmatlari uchun 100$ pul to‘lashadi. Bunday markazlar turli mamlakatlarda, jumladan, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa ko‘plab davlatlarda mavjud.

Abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

– O‘rta ma’lumot diplomi. O‘zbekiston, Rossiya va boshqa MDH davlatlari fuqarolari uchun maktab attestati (shahodatnoma) talab etiladi, shuningdek, litsey, gimnaziya yoki texnikum diplomi ham topshirilishi mumkin;
– OSYM imtihonlarining natijasi;
– Qabul komissiyasi ro‘yxatidagi hujjatlar.

O‘quv vizasi

O‘qish uchun xorijliklardan o‘quv vizasi yoki YUR (Yashash uchun ruxsatnoma) talab etiladi. Abituriyent ushbu hujjatni mahalliy oliygohlardan biriga kirganda olishi mumkin. Buning uchun quyidagilar kerak:

– xorijga chiqish pasporti;
– viza olish uchun ariza;
– suratlar (rasm);
– o‘qishga kirganlikni tasdiqlovchi hujjatlar;
– yashash joyi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat: ijara shartnomasi yoki uyi bo‘lsa, uning hujjati yoki yotoqxonada turishini tasdiqlovchi hujjat.

O‘quv davri mobaynida xorijiy fuqaro qonuniy ravishda mamlakatda yashashi mumkin.

Turar-joy masalasi

Talabalar kampusi joylashgan hududlarda yotoqxonalar mavjud. Biroq har doim ham ularda joylar soni yetarli emas, hatto ijara puli oyiga 400-500$ lik yotoqxonalarda ham. Shu sababli ko‘plab talabalar xonadonni (uyni) ijaraga olishni afzal ko‘rishadi. Yana-da yaxshi variant – shaxsiy uy sotib olish. O‘z uyingizda yashash yotoqxona yoki ijaraga olingan kvartirada yashashdan ko‘ra har tomonlama qulaydir.

Mahalliy universitetni tugatish va mamlakatda shaxsiy uyga ega bo‘lish shaxsiy rivojlanish, ya’ni karyeringiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari uy-joy sotib olish – mamlakatda yashash uchun ruxsatnoma olishni kafolatlaydi va, albatta, bu mamlakatda qonuniy ravishda uzoq muddat qolishingizni ta’minlaydi.

O‘zbekistonliklar Turkiya universitetlarida bepul ta’lim olishlari mumkin

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Belorussiya va boshqa mamlakatlarning fuqarolari Turkiya universitetlarida quyidagi shartlar asosida bepul o‘qishlari mumkin:

– talabalar almashinuvi davlat dasturida ishtirok etish;
– Turkiya universiteti bilan talabalar almashinuvi bo‘yicha ikki tomonlama shartnomaga ega bo‘lgan O‘zbekiston universitetida o‘qish;
– xalqaro talabalar almashinuvi dasturida ishtirok etish.

Boshqa davlatlarda bepul ta’lim olish imkoniyati haqida batafsil ma’lumot olishning eng oson yo‘li – hozir ayni damda o‘qiyotgan oliygohingizning xalqaro munosabatlar bo‘limiga murojaat qilish.

Turkiyadagi reytingi baland universitetlar

Mamlakatning eng nufuzli va tan olingan oliygohlari qatoriga quyidagi universitetlar kiradi:

Anqara universiteti. Ushbu universitet 1946-yilda tashkil etilgan. Uning tarkibida 14 ta fakultet mavjud, oliygoh 45 ming  talaba o‘qishi uchun mo‘ljallangan.

Galatasaroy universiteti. Ushbu  universitet Boyazid II saroyi qoshidagi oliy maktab negizida tashkil etilgan. 1992-yildan buyon universitet zamonaviy ko‘rinishda Istanbulda faoliyat ko‘rsatadi. Universitet 3 ming talaba o‘qishi uchun mo‘ljallangan. Uning tarkibida 2 ta fakultet va 2 ta institut mavjud.

Gazi universiteti.  Universitet 1926-yilda tashkil etilgan. 25 ta fakultet, 18 ta tadqiqot markazi va yordamchi bo‘limlardan iborat.

Marmara universiteti. Oliygoh 1883-yilda tashkil topgan.Universitetda 4 ta tilda ta’lim beriladi. 65 ming talaba o‘qishi uchun mo‘ljallangan.

Chankaya universiteti. Ushbu universitet 1997-yilda tashkil etilgan. Turkiya tarixi va arxitektura sohasini o‘rgatish bo‘yicha eng yaxshi universitetlardan biri sifatida tan olingan. Oliygoh o‘qish istagida bo‘lganlar uchun 4 ta fakultetni taklif qiladi.

Turkiyada yuqori sifatli Yevropa standartlariga mos bilimlarni bera oladigan ko‘plab universitetlar mavjud. Shu sababdan ham har bir iqtidorli talaba bu yerda o‘z yo‘nalishiga mos, o‘ziga yoqqan universitetni topa olishi shubhasiz!

Yakuniy maslahat

Ko‘plab xorijliklarning Turkiyaga kelishining asosiy sabablaridan biri ham “SIFATLI TA”LIM”dir. Turkiya davlati chet ellik fuqarolarga zamonaviy universitetlarda o‘qishni taklif etadi. Yoshlar bunday ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligi kerak!

Turkiya ta’lim tizimi, aniqrog‘i, Turkiya davlati boshqa mamlakatda tug‘ilgan bolalarni o‘z bag‘riga qabul qilishga va ularga bilim berishga doimo tayyor. Shu sababli ham farzandlarning ta’lim olishi haqida qayg‘urmasdan, bemalol oilaviy tarzda Turkiyaga kelib yashash mumkin.

Agar sizga Turkiyaning mahalliy ta’lim tizimi afzalliklari yoqqan bo‘lsa, doimiy yashash yoki o‘qish uchun ushbu mamlakatga ko‘chib o‘tishingiz mumkin. Bundan oldin, albatta, yashash uchun uy-joy masalasini hal qilishni unutmang.

Qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, bilim olishdan aslo to‘xtamang!

Muallif: Murodjon Erkinov