Turk tilini oʻrganish uchun bepul sayt va kurslar toʻplami

1) Learn Turkish Online

Ushbu sayt ingliz tilida boʻlib, innovatsion usullardan foydalangan holda turk grammatikasining nozik jihatlarini oʻrganish imkonini beradi. Unda tilning xususiyatlari haqida nazariy bilimlar va ularni amalda qoʻllash uchun mashqlar mavjud.

Bu yerda Siz nazariya, misollar, audio, video va deyarli ixtiyoriy darajadagi mashqlarning koʻplab turlarini topasiz. Kurs turk tilini yangi boshlayotganlardan tortib, anchadan beri oʻrganayotganlar uchun ham toʻgʻri keladi.

2) Linguist

Til oʻrganishni yangi boshlayotganlar uchun onlayn darslar (jami 27 ta boʻlib, oʻqish uchun 12 ta matn mavjud) bosqichma-bosqich taqdim etilgan mustaqil taʼlim sayti.

Kurs turk alifbosi bilan tanishish, unli va undoshlar o‘rtasidagi mutanosiblik qonuniyatlari, gap bo‘laklari va murakkab jumlalar qurilishi kabi o‘ttizga yaqin darsni o‘z ichiga oladi.

Saytda boshqa tillardagi darslarni ham mavjud boʻlib, ingliz tilidan lotin tiligacha boʻlgan 21 ta kurslar bor.

3) SpeakASAP

Turk tilini atigi yettita darsda o‘rganish uchun mustaqil taʼlim ilovasi. Kurs oxirida Siz A1 darajasiga yetasiz va oddiy savollar berish, tanish iboralarni tushunish, grammatikaning asosiy qoidalarini egallaysiz.

Kurs video va audio materiallar, shuningdek, mashqlar bilan boyitilgan. Yana bir oʻziga xos jihati shundaki, videolardan tashqari barcha materiallardan oflayn rejimda foydalanish mumkin.