Rus tilida tez-tez uchraydigan top xatolar

1. НАДЕВАТЬ / ОДЕВАТЬ

«Одеть» – bu kimnidir kiyintirish, «надеть» esa kiyish.

2. ВООБЩЕМ

Bu vaziyatda boshqa variantlar yo‘q: yo «вообще», yo «в общем». Uchinchi turi yo‘q.

3. КООРДИНАЛЬНО

«Кардинально» so‘zi qanday qilib, bunday ayanchli holatga tushganini bizga noma’lum. «Координаты» va «кардинально» – turli ma’noli so‘zlar.

4. УЧАВСТВОВАТЬ

«В» harfi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi: «принять учавствие» и «учавстник». Lekin Siz va biz savodli odamlarmiz va «участвовать» so‘zida faqat ikkita «В» harfi borligini aniq bilamiz. Bu qoida eslab qolishga va takrorlamaslikka harakat qiling.

5. ТЬСЯ / ТСЯ

Rus tili o‘qituvchilarining tinimsiz kurashiga qaramasdan, hali ham «Ь» belgisini ko‘ngli tusagan joyda ishlatadiganlar yoki uni umuman esdan chiqaradiganlar topiladi. Adashmaslikni oddiy usuli bor: agar fe’l «Что делать?» savoliga javob bersa, belgidan foydalanamiz, «Что делает?» savoliga javob bersa, yo‘q.

DAVOMI YANADA QIZIQARLI

6. ИХНИЙ

Yoki yanada daxshatlisi – евонный. Negadir odatiy so‘zga aylanib qolgan (savodi yo‘q insonlar uchun) parazit so‘zlar. Shunchaki, «чей? ИХ, кого? ЕГО» qoidasini eslab qoling.

7. ОБОИ

«Обои» – bu devorga yopishtiriladigan gulqog‘oz, nutqda ishlatiladigani esa «ОБА» bo‘ladi.

8. ПРИДТИ

«Qanday eshitsak, shunday yozamiz» turkumidan deb o‘ylaysizmi? Bu vaziyatda emas. Yodda saqlang: «прийти» so‘zi «Й» bilan yoziladi, «Д» harfi yo‘q.

9. ЛОЖИТЬ

Bu so‘zni butunlay esdan chiqaring va aslo yodga ola ko‘rmang. To‘g‘ri variant: «что делать?» – «класть» (nomukammal fe’l) yoki «что сделать?» – «положить» (mukammal fe’l).

10. МОЁ ДЕНЬ РОЖДЕНИЯ

Xuddi qaysidir xorijlik rus tilini o‘rganishga harakat qilayotganga o‘xshaydi. Biroq, ona tili rus tili bo‘lganlar ham bu xatoni qilishadi yoki yanayam qo‘rqinchli holat: «день рождениЕ» ko‘rinishida yozishadi. Qadrli tug‘ilgan kun sohiblari, iltimos, yodda saqlang: «День чего?» — «рождения». «День рождения: чей?» — «мой».