Qulay yo‘llar bilan kontrakt to‘lash usullari

Navbat kutishlar, hujjat to‘ldirishlar va ko‘p vaqt ketishi. Bu holatlar endi umuman kuzatilmaydi chunki, zamon jadal sur’atlar bilan rivojlanib ketgani sari hamma narsa elektron raqamlashtirish va hujjatlashtirishga ko‘chdi. Ana endi talabalar va ularning ota-onalari kontrakt to‘lashda aslo qiynalmaydi. Sababi, uning bir nechta eng oddiy usullari mavjud bo‘lib, Avlod Media ushbu maqolasida aynan ular bilan sizni tanishtiradi.

“Pay me” ilovasi orqali

Buning uchun “PayMe” to‘lov tizimida “To‘lovlar” sahifasiga kiring.

1. “Ta’lim” bo‘limidan “Оплата за ВУЗы”ni tanlang.

2. JSHSHIR raqami hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.

Bunda “Tafsilotlar” tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to‘lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin. PayMe mobil ilovasida to‘lov amalga oshirilganda komissiya (0%) olinmaydi.

My.gov.uz portali orqali

Buning uchun siz my.gov.uz saytiga kirib, “To‘lovlar” modulini topasiz. Undan keyin bo‘lsa “Oliy ta’lim muassalarida davlat ta’lim to‘lovlari” nomli bo‘lim orqali o‘zingiz tahsil oladigan OTM nomini va hisob raqamini kiritib, to‘lov summasini yozasiz. Shu bilan, jarayon yakunlanadi.  

«Zoomrad» mobil ilovasi orqali

Ilovaga kirasiz hamda imkoniyatlar bo‘limidan “Oliy ta’lim muassasalari shartnoma to‘lovi” qismini topasiz va ichiga kirib JSHSHIR raqam va to‘lov summasini kiritasiz. Undan keyin passport(ID karta) raqami, hisob raqam, tashkilot STIR, muassasa, fakultet, JSHSHIR(pinfl) hamda kontrakt miqdorini kiritasiz. Jarayon yakunlangach ilova sizdan to‘lov qilmoqchi bo‘lgan kartangizni tanlashingizni so‘raydi va belgilaysiz. To‘lov shu zaylda amalga oshiriladi va siz chekni saqlab olishingiz hamda hech qanday komissiyasiz kontrakt to‘lovini amalga oshirishingiz mumkin.

“Click up” ilovasi orqali

Buning uchun ilovaning pastgi qismidagi “To‘lov” bo‘limini tanlaysiz. Bo‘lim ichidan “Ta’lim” qismini topasiz va ichiga kirasiz. Undan keyin Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi logosi turgan qismini tanlaysiz va uning ichidan to‘lov turi qismiga “kontrakt to‘lovi” joyini tanlaysiz hamda JSHSHIR kodingizni kiritib, chek qismiga o‘tasiz, va nihoyat to‘lov summasini yozasiz shu bilan to‘lov amalga oshiriladi.  

Sanab o‘tilgan barcha ilovalar O‘zbekistondagi eng ko‘p foydalanuvchilarga ega shu sababli, ulardan qanday foydalanish kerakligini maqola davomida qisqacha qilib sizga tushintirishga harakat qildik. Bulardan tashqari yana bir qancha, “Upay”, “Oson”, “Paysend” kabi ilovalarda ham xuddi shunday imkoniyatlar mavjud. Aytib o‘tilgan barcha xizmat turlari sizdan hech qanday komissiyasiz 0% kontraktga to‘lov qilish imkoniyatini taqdim etadi.