Qishning shinam kechalari uchun 7 kitob

1. Rojdestvo ertaklari, Charlz Dikkens

Dikkens hikoyalari butun dunyoning turli yoshdagi kitobxonlari tomonidan olqishlanadi. XIX asr 40-yillarda yozilgan «Rojdestvo ertaklari» toʻplami Rojdestvo mavzusi va uning bosh qahramonlari – sehrli feyalar, elflar va hatto arvohlarga, shuningdek, oddiy insonlarga bagʻishlangan 5 ta hikoyadan iborat.

Har bir ertak qalbingizning tubigacha yetadi, ezgulik va mehr ulashadi, abadiy dolzarb mavzularni qamrab oladi. Qisqa qilib aytganda, barchaga tavsiya qilamiz, barcha oʻzi uchun kerakli xulosani chiqaradi.

2. Qor bobo xatlari, J.R.R. Tolkin

Tolkin oʻz farzandlariga 20 yildan oshiq vaqt davomida (1920-yilda oʻgʻliga yuborilgan birinchi xat va 1943-yilda qiziga yuborgan oxirgi xat) soʻzlab bergan ertak.

Xatlar Rojdestvo kuni kelgan va bolalar xatga javob yozishgan. Qor bobo oʻz uyi, doʻstlari va yordamchilari, Shimoliy qutbda yuz bergan qiziqarli va baʼzan xavotirli voqealar haqida yozgan. Bu asar Tolkinni nafaqat mahoratli yozuvchi, balki mehribon ota sifatida tanish uchun ajoyib sovgʻa boʻladi. 

3. Sehrgarning sovgʻalari, O. Genri

«Sevgi olamni qutqaradi» – ushbu shiorni kitobning bosh gʻoyasi sifatida koʻrsatish mumkin. Barcha insonlar kabi xatolar qiladigan ikki sevishganning taʼsirli hikoyasi. Biroq ushbu xatolar orqali ularning qalbini tub-tubigacha koʻra olamiz. Ularning harakatlari muhabbatning buyuk kuchini tasdiqlaydi, voqealar rivoji esa Rojdestvo arafasida boʻlib oʻtadi.

4. Qalb uchun tovuqli shoʻrva. 101 Rojdestvo hikoyalari, Xansen, Kenfild va Nyumark

Ushbu Rojdestvo hikoyalari toʻplami uzun qish kechalarida qalbingizga iliqlik ulashadi, bayram kayfiyati va kelayotgan moʻjizalarga umid uygʻotadi. Butun oilani birlashtiradigan, qiyinchiliklarni yenga oladigan anʼanalar va yaqinlarimiz uchun yaratishimiz mumkin boʻlgan chinakam moʻjizalar haqida toʻplam. Barcha hikoyalar real hayotda real insonlar hayotida sodir boʻlgan.

U ham tovuqli shoʻrva kasallikdan davolagani kabi, qalbimizni davolashga qodir.

5. Rojdestvo arafasida, Rozamunda Pilcher

Brush nafar unchalik baxtli boʻlmagan insonlar taqdir taqozosi bilan Rojdestvo arafasida shahar tashqarisidagi uyda yigʻilishadi. Yoshi, mashgʻulot va qiziqishlari har xil boʻlishiga qaramay, ular doʻstlashib olishadi va 5 ta turli hikoya bir butun Rojdestvo ertagiga aylanadi.  

6. Erkyul Puaro Rojdestvosi, Agata Kristi

Detektiv muxlislari haqida unutmadik va roʻyxatimizga tengsiz Erkyul Puaro ishtirokidagi Agata Kristi romanini qoʻshdik. Bu kitob ilk bor 1938-yil 19-dekabrda nashr etilgan va kitobxonlar olqishiga sazovor boʻlgan.

Voqealar rivoji Rojdestvo arafasi va undan keyin qarindoshlarini toʻplagan qari millionerning uyida boʻladi. Biroq bayram uzoq davom etmaydi, biz esa iqtidorli detektiv bilan birga navbatdagi qotillik ortida kim turganini topishimiz kerak.

7. Qarsildoq va Sichqonlar qiroli, Ernst Teodor Amadey Gofman

Roʻyxatimizni bizni bolalikka qaytarib, yangi yil muhitiga olib kiruvchi moʻjizalarga boy ertak bilan yakunlaymiz.

Qarsildoq, mehribon qalbli Mari va makkor Sichqonlar qiroli haqidagi ertak hech kimning eʼtiboridan chetda qolmaydi va qahramonlar haqida qaygʻurishga sabab boʻladi. Albatta, bizni har qanday ertakdagi kabi biroz moʻjiza, sarguzashtlar, ezgulik va baxtli yakun kutadi.