Qanday qilib ifloslangan havodan o‘zingizni himoya qilishingiz mumkin? Talabalar uchun tavsiyalar!

Barchamizga ma’lum poytaxtimiz Toshkent shahri havo ifloslanishi bo‘yicha dunyo reytinglarida yetakchi o‘rinlarga chiqib ketdi. Eng so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda Shahar havosidagi PM2,5 zarralari miqdori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan qariyb 21 barobarga oshib ketdi. Atmosfera havosi monitoringi avtomatik stansiyalar ma’lumotlariga ko ‘ra, soat 08:00 da Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 104,8 mkg/m3 ni tashkil etmoqda. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, bu havoning “zararli” darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi.

Havoning bu darajada ifloslanishi organizmga qanday ta’sir qiladi?

Atmosfera havosidagi muallaq zarrachalar – RM2,5 zarrachalari nafas yo‘lidan o‘tuvchi zarrachalardir. Chunki, ular gaz almashinuvi sodir bo‘ladigan alveolalar va o‘pka kapillyarlariga kirib, tizimli qon oqimiga kirib, turli organlarga va turli to‘qimalarning hujayralarga bevosita mahalliy ta’sir ko‘rsatadi.

Mayda dispers zarrachalar hujayra membranalariga kirib borish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, ularning organlar va to‘qimalarda surunkali to‘planish xavfi bor. Atmosfera havosida PM10 va RM2 ning yuqori konsentratsiyasiga uzoq muddatli ta’sir qilish yallig‘lanish, kanserogen, teratogen, sitotoksik ta’sirga ega bo‘lib, allergopatologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi va inson umriga ta’sir ko‘rsatadi.

Avlod Media bunday ob-havoda harakatlanish va o‘z sog‘lig‘ini himoya qilish uchun talabalarga quyidagi tavsiyalarni https://t.me/sanepidcommittee berishni maqsadga muvofiq deb bildi:

  1. Xonangiz yoki inshootlarning pol tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turing. Uy yoki bino ichiga yoki atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nam sochiqlarni osib qo‘ying.
  2. Derazalarni yopiq holda saqlang. Ayniqsa, kechasi va tongda eshik va oynalarni zichlab yoping!
  3. Ochiq havoda ko‘p yurishdan cheklaning.
  4. Tez-tez dush qabul qiling! Ayniqsa, tashqaridan uyga kirgach, bu jarayon nafas olishni yengillashtiradi.
  5. Og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma bilan yuvib tashlang.
  6. Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar tibbiy niqobdan foydalanishlari va ularni har 2 soatda almashtirishlari zarur!
  7. Ko‘zlarni tez-tez yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzdan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim!

Ushbu muhim tavsiyalarga amal qiling va salomatligingizga e’tiborli bo’lishingizni so‘rab qolamiz. Ogoh bo‘ling yaqinlaringiz va o‘zingizning hayotiga va sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘ling!