Prezident “Yoshlar masalalari”ga alohida to‘xtaldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2023- yilning 23-fevral kuni Yoshlar bandligini ta’minlash va chora-tadbirlari borasida yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu haqida barcha rasmiy OAVlar xabar berdi. Yig‘ilishni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlar bilan ishlash va ularning bandligini ta’minlash masalalarini mohokama qilishga qaratildi.

Xabaringiz bor, shu yili 21-fevraldan e’tiboran Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi. Davlat dasturi doirasida muammolarni hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilab olingan.

Bu yil “yoshlar balansi” bo‘yicha 925 ming yigit-qizning bandligini ta’minlash nazarda tutilgan. Shuningdek, kollej, texnikum, va oliy o‘quv yurtlarini 300 ming yosh tamomlaydi. Yoshlarning biznes bilan shug‘ullanishiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi alohida aytildi. Hozirgi kunda yoshlarbop istiqbolli soha bu raqamli texnologiyalar. Shu bois, davlat dasturida “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” loyihasi belgilangan. Shuningdek, bu yil axborot texnologiyalari sohasida 70 ming yoshni band qilish rejalashtirilgan.

Maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga beriladi. Qishloq joylardagi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan 100 ta xususiy o‘quv markazining ijara harajatlari 6 oygacha kompensatsiya qilinadi. Shu bilan birga xususiy kurslarda o‘qib, “C-1” sertifikatini olgan yoshlarga o‘qish harajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo‘yicha esa “B-2” darajasi sertifikatini olish harajatlari qoplab beriladi. Yana bir yangilik – bu yil nafaqat sertifikat olishdagi imtihon harajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.

“Ustoz” loyihasi doirasida 250 ming nafar yoshlar marketing, reklama, elektron savdo, IT-dizayner kabi 30 ta zamonaviy kasbga o‘rgatiladi.