Nemis tilini oʻrganish uchun bepul saytlar va kurslar toʻplami

1) Deutsch Akademie

Ushbu kurs eng yirik onlayn nemis kursi bo’lib, nemis tili  qoidalarini nisbatan toʻliq tushuntiradi. U til oʻrganishni endi boshlayotganlar uchun juda mos keladi. Unda nafaqat grammatika, balki amaliy mashgʻulotlar, jumladan, oʻqituvchilar hamda kurs ishtirokchilari bilan jonli suhbat mavjud.

2) Start Deutsch

Deutsche Welle – bu nemis tilini oʻzingizga yoqadigan usulda oʻrganish imkoni. Shuningdek, saytda til oʻrganishga oid boshqa bepul foydali kurslarni, xususan, soʻz boyligini oshirish va nemis tilida feʼllarni eslab qolishga oid kurslarni va Germaniya hayotiga oid maqolalarni topishingiz mumkin.

3) DEUTSCH FÜR DICH

Ushbu kurs guruh bilan birgalikda nemis tilini oʻrganishga moʻljallangan.  Saytda noyob funksiya mavjud boʻlib, turli mavzular va darajalar boʻyicha koʻplab oʻquv materiallarini topishingiz va roʻyxatingizga qoʻshishingiz, bu bilan til oʻrganish uchun shaxsiy kurs yaratishingiz mumkin. 

4) Deutsch info 

Ushbu keng qamrovli kurs maʼrifiy kontent taqdim etish bilan birga Germaniyada yashashni xohlovchilarga amaliy tavsiyalar beradi. Sayt til bilish darajasiga koʻra toʻrt qismdan iborat. Kerakli darajani belgilagach, rubrikalar boʻyicha til taklif etadi, ular: «Tanishuv va dam olish», «Xaridlar, taomlar va ichimliklar» va shu kabi rubrikalar. Natijada maʼlum vaziyatlar va kundalik hayotda ishlatish mumkin boʻlgan soʻz va iboralarni oʻrganasiz.

5) Study German

Sayt til oʻrganishni boshlayotgan maktab oʻquvchilaridan boshlab tajribali oʻqituvchilarga moʻljallangan. Onlayn darslar boʻlimida nemis tili asoslari boʻlgan artikllar, ot, sifat, olmosh va feʼl bilan tanishish imkonini beruvchi 10 ta mashgʻulotni topish mumkin.