Muvaffaqiyatning siri bormi?

  1. Muvaffaqiyat nima o‘zi?
  2. U qanday bo‘ladi?
  3. Unga erishish uchun nimalar talab etiladi?

Ushbu savollar barchani birdek o‘ylantirishi aniq. Shu sababli, Avlod Media ham aynan ushbu mavzuni chetlab o‘tmadi. Dunyoga o‘zlarining nomi bilan tanilgan va insoniyat tarixida yangi davr yaratilishiga sababchi bo ‘lgan shaxslar hayoti misolida ushbu savollarga javob topamiz.

Ilon Mask  

 Space X va Tesla kompaniyalari bosh direktori, The Boring Company asoschisi va Open AI hammuassi dunyoga mashhur va taniqli shaxs Ilon Mask  bunday yutuqlarga osonlikcha erishmagan. Ilon Mask 1971-yil 28-iyunda Pretoriya (JAR) da tug‘ilgan. Mask 9 yosh paytida uning ota-onasi ajrashadi. Shu sababli, Mask va uning ukasi otasi qo‘lida qolishga qaror qilishgan. U o‘rta maktabni tugatgandan keyin Kanadaga yo‘l olgan va ikki yil Ontarioda, Kingston Qirollik Universitetida tahsil olgan. Ammo u o‘qishini Pensilvaniya Universitetida tamomlagan va u yerda bir yo‘la ikki (fizika va iqtisodiyot) diplomini qo‘lga kiritgan. Mask doktorlik darajasiga erishish maqsadida Stenford universitetiga yo‘l olgan, biroq tezda o‘qishini tashlab ketgan. Shu zaylda u ta’limdan cheklanib mehnat faoliyatiga berilgan. U talabalik paytlaridanoq ukasi bilan birgalikda kompyuter o‘yin yaratgan va uni yaxshigina pullagan. Shu tariqa Mask mehnat va qiyinchiliklar hamda puxta ta’lim bilan hozirgi kundagi holatiga yetib kelgan.

Jack Ma Yun   

Xitoylik biznes magnat, investor va Alibaba group asoschilaridan biri  bo ‘lgan Jack Ma Yun 1964-yil 10-sentyabrda Xitoyning Zhejiang (Chejtszyan) shahridagi Hangzhou (Xanchjou) shahrida tug‘ilgan. U ingliz tilini yoshligidan Hangzhou international mehmonhonasida ushbu tilda so ‘zlashuvchilar bilan suhbatlashish orqali boshladi. To ‘qqiz yil davomida sayyohlar bilan ingliz tilini mashq qilish uchun Ma o‘z velosipedida 27 km (17 mil) yo‘l bosib, manziliga kelgan. U chet elliklardan biri bilan yaqin do‘st bo‘lib, qoldi ular xitoycha ismini aytishga qiynalgani uchun unga “Jack” tahallusini bergan.

Keyinchalik Ma kollejda oʻqishga qiynaldi. Ma Xanchjou oʻqituvchilar kollejiga kirish imtihonidan ikki marta yiqildi, chunki uning zaif tomoni matematika edi. Ma har yili oʻtkaziladigan Xitoy kirish imtihonlaridan oʻtishi uchun 3 yil sarfladi. U Xanchjou oʻqituvchilar institutida (hozirgi kunda Hangzhou Normal University deb nomlanadi) oʻqidi va 1988-yilda ingliz tilidagi sanʼat bakalavrini tugatdi. Ma maktabda oʻqiyotgan paytida talabalar kengashining rahbari edi. Oʻqishni tugatgandan soʻng, u Xanchjou Dianzi universitetida ingliz tili va xalqaro savdo boʻyicha maʼruzachi sifatida faoliyatini boshladi. U Garvard biznes maktabiga oʻn marta hujjat topshirgan va har safar rad etilganini daʼvo qiladi. Keyinchalik Ma kollejda oʻqishga qiynaldi. Ma Xanchjou oʻqituvchilar kollejiga kirish imtihonidan ikki marta yiqildi, chunki uning zaif tomoni matematika edi. Ma har yili oʻtkaziladigan Xitoy kirish imtihonlaridan oʻtish uchun 3 yil sarfladi. U Xanchjou oʻqituvchilar institutida (hozirgi kunda Hangzhou Normal University deb nomlanadi) oʻqidi va 1988-yilda ingliz tilidagi sanʼat bakalavrini tugatdi. Ma maktabda oʻqiyotgan paytida talabalar kengashining rahbari edi. Oʻqishni tugatgandan soʻng, u Xanchjou Dianzi universitetida ingliz tili va xalqaro savdo boʻyicha maʼruzachi sifatida faoliyatini boshladi. U Garvard biznes maktabiga oʻn marta hujjat topshirgan va har safar rad etilganini daʼvo qiladi. Shunga qaramay u hech qachon harakatdan to‘xtamagan va davom etgan. Bugun Jack Ma dunyoning eng yirik investor va biznesmanlari qatorida yetakchi o‘rinlarda bomoqda.

Mark Zuckerberg

Mark Elliot Tsukerberg ( Mark Elliot Zuckerberg ) 14-may kuni 1984-yil Uayt-Plains, Nyu York shahrida tug‘ilgan.  

U Amerikalik  Media magnat, internettadbirkor va filantrop. Meta (ilgari Facebook.) va uning raisi, bosh ijrochi direktori va nazorat qiluvchi aksiyador hisoblanadi. Shuningdek, u Breakthrough Starshot quyosh yelkanli kosmik kemasini ishlab chiqish loyihasining hammuassisi va uning direktorlar kengashi a’zolaridan biridir.

Tsukerberg Garvard universitetida  tahsil oldi va u yerda 2004 yil fevral oyida yotoqxonadagi qo‘shnilari bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi. 2012 yil may oyida Tsukerberg kompaniyani nazorat paketi bilan birjaga olib chiqdi. 2007 – yilda, 23 yoshida u dunyodagi eng yosh milliarderga aylandi. 2021-yil oktabr oyida 122 milliardAQSH dollari  boyligi bilan dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida 5-o‘rinni egalladi. Maktab yillarida Mark kompyuter dasturlash bilan shug‘ullangan va «Risk» o‘yinining tarmoq versiyasini ishlab chiqqan.

Mark Tsukerberg oliy ma’lumotni tugatmadi: 2002 yilda u Garvard universitetiga o‘qishga kirdi, u erda 2004 yilgacha psixologiya fakultetida tahsil oldi. Bunga parallel ravishda Mark IT kurslarida qatnashdi. U o‘z qiziqish doirasini «CC++JavaVisual BasicVBscriptJavaScriptPHP va ASP deb ko‘rsatgan. Tsukerberg bir necha bor o‘zini xaker  deb ta’riflagan.  Kollejda Mark Microsoft xodimlari tomonidan Synapse dasturini yozgandan so‘ng e’tiborga olingan, bu esa kompyuterga o‘z egasi uchun musiqiy xitlar ketma-ketligini mustaqil ravishda yaratishga imkon bergan.

Bill Gates

William Henry Gates III (Uilyam Henri Geyts Uchinchi; 1955-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) amerikalik biznes magnat, dasturchi, investor, yozuvchi, va filantropdir. Gates bolalikdagi doʻsti Paul Allen  bilan birgalikda hozirda jahonning eng yirik AT-industriya kompaniyasi boʻlmish  Microsoftga  asos solgan. U “Forbes” jurnalining dunyodagi eng boy kishilar ro’yxati koʻp yillar davomida birinchi oʻrinni egallab kelgan. Gates qoʻlida Microsoft ulushining 1,6 foizi mavjud. Gates shuningdek, bir necha kitoblar muallifi hamdir.

Shaxsiy kompyuter inqilobining yirik arboblaridan biri boʻlgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilgan. Shu bilan birgalikda Gates koʻplab ehsonlar qilgan: 2000-yilda rafiqasi bilan tuzgan  Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga 36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan.

Jeff Bezos

Jeffery Peterson Bezos 1964-yil 12-yanvarda AQSH da tug‘ilgan. Amerikalik ishbilarmon, mediamagnat, kompyuter muhandisi va investordir.

Bezos 1994-yilda hozirda jahonning eng yirik internet-kompaniyalaridan biri boʻlmish Amazonga asos solgan va bugungi kunda uning ijrochi raisidir. 2022-yilning oktyabri holatiga koʻra, Bezos $139 milliardlik boyligi bilan dunyodagi eng badavlat inson hisoblanadi. Bezos AQSHning Albukerke shahrida tug‘ilgan. Bolaligi Hyuston va Mayami shaharlarida o‘tgan. 1986-yilda Princeton universiteti tugatgan. 1994-yilning oxirlarida Amazon kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya boshda onlayn kitob doʻkoni sifatida ish boshlagan. Hozirgi kunda esa jahondagi eng yirik onlayn savdolar bilan shugʻullanuvchi kompaniyaga aylangan. Bezos 2000-yilda Blue Origin nomli aerokosmik kompaniyaga asos solgan. 2013-yilda AQShdagi nufuzli gazetalardan biri sanalgan The Washington Postni $250 million evaziga sotib olgan.

Maqola davomida keltirib o‘tilgan barcha insonlar o‘z muvaffaqiyatlariga qattiq mehnat va tinimsiz harakat bilan erishgan. Demak, xulosa shuki, har qanday ulkan yoki kichik yutuqning zamirida juda katta qiyinchilik va bilim yotadi. Shunday ekan, inson hech qachon harakatdan to‘xtamasligi va o‘z ustida ishlab har kuni rivojlanib borsa, ajabmaski bir kuni ushbu mashhur shaxslar qatoridan o‘z o‘rnini topadi.