Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddatini 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

  • oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;
  • xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;
  • professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga  toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Shuni ham unutmaslik kerakki, amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati oliy ta’lim rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin. Demak, yuqori kurs talabalari har doimgiday kontraktni to‘lab qo‘yaveradilar. Agarda ushbu jarayonda yana boshqa o‘zgartirishlar yoki takliflar kiritilsa unda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan rasmiy sahifalarda albatta xabar beriladi.

Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2023/2024 – yilgi kontrakt to‘lov miqdori o‘tgan yilgi bilan bir xil, o‘zgarishsiz qolgan edi.