Firibgarlar tuzog‘idan saqlaning!

Online firibgarlik – hozirgi davrning eng dolzarb va eng ommalashgan jinoyat turidan biriga aylanib ulgurdi. Qizig‘i shundaki, online firibgarlik va u bilan shug‘ullanayotgan shaxs haqidagi hech qanday ma’lumotni bilib ham topib ham bo‘lmaydi. Avlod Media ushbu mavzuga alohida to‘xtalishni va bunday insonlar tuzog‘idan barchani xabardor qilish maqsadida ushbu maqolani tayyorladi. Demak, zamonaviy firibgarlikning eng ko‘p tarqalgan turlari bilan tanishamiz.

SMS xabarnomalar

Bunday firibgarlik turi 2023 – yili anchagina ommalashdi. Ko‘plab ishonuvchan odamlar ushbu xabarlarga oson aldandi. Firibgarlar “Sizni ishga taklif qilamiz, Tabriklaymiz siz katta pul yutug‘i sohibiga aylandingiz” singari yolg‘on xabarlar bilan oddiy insonlarning hisob raqamlaridan yoki bank kartalaridan osongina pul yechib olishdi hamda millionlab odamlar ularning tuzog‘iga osongina ilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ommalashgan firibgarlik – yaqin yillarda Telegram massangeri orqali keng tarqaldi. Buning sababi, ushbu ilovada turli xil noqonuniy guruhlar va hech qanday ro‘yxatdan o‘tkazilmagan kanallar va botlar mavjud. Aynan firibgarlar, ushbu ilovani yuklab oling va internet trafiklariga ega bo‘ling yoki rasm ko‘rsatib ushbu yutuqlar sizniki bank kartangizni qoldiring va sovg‘angizni qo‘lga kiriting kabi yolg‘on xabarlar tarqatishadi. Ushbu yo‘llar orqali osongina pul ishlashadi va sodda xalqni chuv tushirishadi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqatish

Davlat idoralari nomidan ma’lum bir tasdiqlanmagan xabarni foydalanuvchilarga jo‘natish va ular nomidan turli xil aldov yo‘llari bilan pul undirish holatlari ham afsuski, kuzatilayapti. Bunday xabarlar va idora nomidan hech qanday kuchga ega bo‘lmagan ma’lumotlar tarqatish uchun qonun bilan belgilangan javobgarlik mavjud.

Bank kartalari

Firibgarlar soxta akkauntlar va nomi yashirin bo‘lgan foydalanuvchilar nomidan havola jo‘natib, unga o‘ting va yutuqni egallang kabi xabarlar orqali hisob raqamlardan pul yechib olishadi. Jarayon yakunlangandan keyin esa, ular hamma narsani o‘chirib siz bilan bog‘langan raqamlarni ham blokga tushirishadi.

Mana, hozir online firibgarlarning deyarli barcha tuzoqlari bilan tanishdik. Ana endi ushbu jinoyatlarni sodir etganlarga qonuniy jazo choralari qandayligiga batafsil to‘xtalamiz. O‘zbekiston Republikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasiga ko‘ra “Firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha axloq tuztish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi. Firibgarlik: a) ancha miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, – bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravargacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi. Firibgarlik: a) ko ‘p miqdorda; b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; v) xizmat mavqeidan foydalangan holda; g) axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan maxrum etilgan xolda besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi” Lex.uz

Shunday ekan, har xil rasmiy tasdiqdan o‘tmagan xabarlarga ishonmasligingizni va shaxsi noma’lum foydalanuvchilardan qandaydir xabarlar kelganda ogoh bo‘lishingizni va ishonib qolmasligingizni so‘raymiz. Axborot huruji bilan hayot kechirayotgan bir davrda bunday firibgar va yolg’onchi shaxslar tuzog‘idan saqlanishingiz tarafdorimiz.