Bu yilgi kirish imtihonlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Har yili Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida o‘zgarishlar joriy etiladi. Bilim va malakalarni baholash agentligining xabarlariga ko‘ra, 2024/2025 – yilgi qabul jarayonlarini tashkil etishning ham yangi tartibi belgilandi.

Avval Test, keyin Tanlov

Kelgusi yildan boshlab abituriyentlar avval test topshirib, so‘ngra yo‘nalish tanlashadi. Abituriyent birinchi imtihonda ishtirok etib to‘plagan balliga qarab o‘ziga yo‘nalish tanlaydi. Ushbu tartibning yaxshi tomoni shundaki, endi “Past ball bilan ham budjetga kirsa bo‘lar ekan” degan fikrlarga nuqta qo‘yiladi. Shunday ekan, bu yilgi test jarayonlari abituriyentlar uchun haqiqatdan ham jang bo‘ladi.

Milliy sertifikat ballarining hisoblanish tartibi

Endilikda, milliy sertifikat imtihonida 70+ ball to‘plagan abituriyent o‘qishga kirishida maksimall ball beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yilgi 10-yanvardagi 17-son qaroriga ko‘ra Milliy sertifikat (CEFR) imtihonida 70 balldan o‘tgan abituriyent “A+” darajaga ega bo‘ladi. Shu bilan birga B+, B, C+, C toifaga ega bo‘lgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maximall ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.

Javoblar varaqasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Abituriyent uchun javoblar varaqasi ham o‘tgan yilgi ko‘rinishdan farq qilmaydi. Faqat doimiy shartlari bitta savolga ikkita javob belgilamaslik va javoblar doirasini bo‘yash jarayonida qog‘ozni yirtib yubormaslik hamda belgilangan tartib bo‘yicha to‘ldirish.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun tasdiqlangan fanlar majmuasi

Kasbiy imtihonlar topshiriladigan fanlar ham dayarli o‘zgarishsiz qoldirilgan. Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlar uchun ikki fandan bittasi matematika va qolgani yo‘nalishiga qarab belgilanadi. Sohalar doirasida ikkala fan ham o‘zgarishi mumkin. Ijtimoiy gumanitar fanlarning ko‘pchilik qismida ona tili fanidan va ikkinchi fani yo‘nalishga mos boshqa bir xorijiy til tanlanadi. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun bo‘lsa, matematika va ona tili fanlaridan imtihon olinadi. Psixologiya yo‘nalishlari biologiya va ona tili fanidan, sport, musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tartibda kasbiy imtihonlar bilan OTMlarga qabul qilinadi.

Kirish test sinovlaridagi mos fanlar majmuasi ham imtihonlarga yaqin qolganda tasdiqlanadi. Tasdiqlanishi bilan Avlod Media bu haqida albatta rasmiy manbalarga tayanib, sizga xabar qiladi.