Amerikalik talabalar orasidagi gʻaroyib anʼanalar

Massachusets texnika instituti talabalari turli usullar, xususan, turli ogʻirlik va hajmdagi jismlarni tomdan uloqtirish bilan fizika qonunlarini sinab koʻrishni yaxshi koʻradilar.

Xullas, o‘quvchilar orasida Pumpkin Drop nomli “qovoqli” an’ana bor. Xellovin bayrami oldidan, shanba kuni institutda kampusdagi eng baland bino boʻlgan Green Buildingʼdan qovoqlarni uloqtirish uyushtiriladi. Ushbu anʼana fizika moʻjizalarini, aniqrog’i tortishish kuchini vizual tarzda namoyish qilish uchun oʻylab topilgan.

Talabalar yarim tunda Green Building tomidan oʻnlab ulkan qovoqlarning qulashini tomosha qilish uchun yigʻilishadi. Maksimum koʻngil ochish uchun bunday ziyofatga didjey ham taklif qilinadi. Bunday tadbir oqibatida yer yuzi parchalanib ketgan qovoqlarga toʻlib ketadi.

Shuningdek, MIT talabalari Xellovin anʼanalariga koʻra, maskarad kiyimlarini kiyib, bir yotoqxonadan boshqasiga oʻtib, shirinliklar soʻrashadi.

Bunday eksperimentlarning yana bir natijasida yotoqxona tomidan haqiqiy pianinoning uloqtirilgan edi. Bu anʼana hatto Baker House Piano Drop rasmiy nomiga ega.

Har yili bahorda o‘qishdan charchagan talabalar yotoqxona tomidan pianino uloqtirishadi. Odatda ularga allaqachon buzilgan asbob beriladi, shunday ekan, hech kim musiqa cholgʻusini ataylab buzmaydi.

Ushbu anʼana 1972-yilda Charli Bruno ismli talaba yotoqxonadagi qoʻshnilari bilan birga eski fortepianoni qayerga qoʻyishni bilmay qolganida paydo bo’lgan. Qoidalar derazadan biror narsa tashlashni taqiqlagan boʻlsada, yigitlar buning ham yoʻlini topishgan, axir qoidalarda tom haqida bir ogʻiz soʻz aytilmagan!

Maysa ustiga qoʻyilgan bir pianino ikkinchisi uchun nishon boʻlib xizmat qiladi.  Tomoshabinlar tomdan tushgan asbob nishonga tegadimi, deb hayrat bilan kutishadi.

Soʻngra institut xodimi pianinoni 6 qavat balandligidan tushiradi. Tomoshabinlar esa unutilmas suvenirlar uchun parchalarni yigʻib oladilar. Boʻlaklarning baʼzilari hatto Massachusets texnika instituti muzeyida saqlanadi.