Qadimiy va zamonaviy soʻzlarni oʻz ichiga olgan ruscha-koreyscha elektron lugʻat. Saytda turli matnlar uchun onlayn tarjimon va barcha yozuvlarni eshitish, shuningdek, Koreya madaniyati, anʼanalari, diqqatga sazovor joylari, oshxonasi va boshqa oʻziga xos jihatlarini jamlagan ensiklopediyadan foydalanish mumkin.
2) Lingualeo
Turli shakldagi mashqlarga boy ushbu manba til oʻrganishga toʻla shoʻngʻish maqsadida mustaqil taʼlim usuli boʻyicha oʻyin formatida yaratilgan. Saytda internetdan olingan koʻplab matnlar, video va podkastlar hamda tilshunoslar tomonidan maxsus tayyorlangan dastur mavjud. Onlayn test yordamida oʻz darajangizni aniqlab, til oʻrganishni boshlashingiz mumkin. Yana bir oʻziga xos jihati oʻrganishni osonlashtiruvchi kunlik rejalardir.
Ingliz tilidagi manba nafaqat bepul koreys tili darslarini, balki oʻquv jarayonining barcha uchun imkon qadar sodda va qulay boʻlishini taʼminlaydi. Mashgʻulotlar bloklarga boʻlingan boʻlib, ularning har biri 25 ta dars, 3 ta viktorina va mustahkamlash uchun testdan iborat. Foydalanuvchilar uchun qoʻshimcha kontent va ijtimoiy media platformalari mavjud.
Haftalik koʻp bosqichli onlayn koreys tili podkastlari. Sayt grammatikani tez va oson oʻzlashtirish uchun qisqa audio va video darslardan foydalanish, roʻyxat, slayd-shou va kartalar yordamida yangi soʻzlarni oʻrganish va yodlash uchun noyob tizim, oʻqituvchi tomonidan koʻrsatmalar va bajarish uchun haftalik individual dasturni taklif etadi.
5) Linguist
Kurotchenko va Leonovning koreys tilini mustaqil oʻrganish boʻyicha qoʻllanmasining izohlar va audio materiallar bilan boyitilgan elektron varianti. Saytda til oʻrganishni endi boshlayotgan va allaqachon boshlaganlar uchun 15 ta bepul darslar bor.
6) KOREAN SPACE
Sayt koreys tilini oʻrganishni noldan boshlab, hozirgi kunga kelib uni mukammal darajada biladigan va oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashayotgan insonlar tomonidan yaratilgan. Yaratuvchilar endi boshlayotganlar uchun 16 ta dars va koreys tilini mustaqil oʻrganish uchun foydali materiallarni taklif etadi.
Yelena Maslova loyihasi. Muallif endi oʻrganishni boshlayotganlar uchun videokurs, endi boshlayotganlar va turistlar uchun darslar, oʻqishni oʻrganish, milliy qoʻshiqlar tahlilini taklif etadi, oʻz tajribasi bilan boʻlishib, shaxsiy amaliyoti davomida shakllangan tavsiyalarini berib oʻtadi.