Sessiya yaqin

Sessiya…Dars jarayonlarida shoʻxlik qilgan talabalarga qarata «joʻjani kuzda sanaymiz» deb tanbeh bergan oʻqituvchilar uchun sanoq payti, talabalar uchun esa «gʻalvir suvdan koʻtariladigan» palladir.

Sanoqli kunlardan soʻng yurtimizdagi OTMlarida yozgi sessiya boshlanadi.Talabalar 6 oy davomida olgan bilimlarini sinovdan oʻtkazadilar.Shu boisdan talaba-yoshlar  imtihonlarni aʼlo baholarga topshirishlari uchun  puxta tayyorgarlik koʻrishlari,har qachongidanda koʻproq oʻqib izlanishlari talab etiladi.

Bu jarayonda har bir talaba oʻz sogʻligiga befarq boʻlmasligi, vaqtida oʻqishi bilan birga,dam olishi hattoki ovqatlanish ratsioniga ham eʼtiborli boʻlishi talab etiladi.Zero xalqimizda «Sogʻ tanda -sogʻlom aql» deb bejiz aytilmagan.

Bu borada talaba yoshlar mutaxassislarning quyidagi maslahatlariga amal qilishlarini tavsiya qilamiz.

Talabalarga tavsiyalar

Sessiya payti darslar koʻpayib uyqusizlikda ruhan charchab,energiyaga  toʻlmayapsizmi? Maroqli dam olish va kun davomida  tetik yurishni istaysizmi?

Unda quyidagi mahsulotlarni kundalik ovqatlanish rejimingizga kiritishingizni tavsiya etamiz.

Bir hovuch bodom tarkibidagi triptofan, magniy tez va chuqur uyquga ketishingizga yordam beradi. Ushbu moddalarning taʼsiri ostida mushaklar va asablar boʻshashadi, yurak tezligi barqarorlashadi.Bu esa maroqli dam olishga va kun davomida  tetiklikni taʼminlaydi.

Gilos shakar, organik kislotalar, vitamin va minerallarga boy meva boʻlib, melatonin tabiiy manbayi hisoblanadi.

Qora shokolad magniy, rux, temir, marganets, kalsiy, mis, oltingugurt, kaliy va baʼzi B guruhi vitaminlarini oʻz ichiga oladi. Ayniqsa, tarkibidagi magniy va serotonin tanani boʻshashtiradi va asabni tinchlantiradi.

Mazkur ekzotik meva tarkibidagi B6 vitamini tufayli uyqu sifatini yaxshilashi mumkin. Vitamin triptofanni serotoninga aylantiradi va shu orqali tana tinchlanadi.

Ushbu yuqoridagi sanab oʻtilgan mahsulotlar talabalarga energiya berib,sessiyada faol boʻlishlarida yordam beradi.Oziq-ovqatlar bizga kuch va energiya beradi, degan tamoyilga oʻrganib qolganmiz, lekin shunday mahsulotlar borki, ular uzoq muddatga sizda uyquchanlikni keltirib chiqaradi. Quyida organizmni energiyadan mahrum qiladigan bir nechta mahsulotlar bilan tanishamiz.

Aziz talabalar ayniqsa sessiya payti aynan shu mahsulotlarni isteʼmol qilmasligingizni  mutaxassislar tavsiya qilishadi.

Odatda suli yormasidan tayyorlangan boʻtqalarni ertalab isteʼmol qilishga odatlanganmiz. Aslida bunday taom nonushta uchun toʻgʻri tanlov emas, chunki suli yormasi tarkibi tanani boʻshashtiruvchi melatoninga boy va undan tayyorlangan boʻtqa insulin ishlab chiqarilishini jadallashtiradi. Natijada tez uxlab qolishingizga yordam beradi.Ayniqsa imtihondan avval ushbu mahsulotni isteʼmol qilsangiz,muhim pallani mudroq bilan oʻtkazishingiz  turgan gap.Shuning uchun suli yormasini  ertalab emas,kunning boshqa paytida isteʼmol qilish tavsiya etiladi

Banan mevasi  kaliyga boy boʻlib, organizmda melatonin ishlab chiqarish uchun javob beradi. Banandagi gamma aminoyogʻ kislotasi asab tizimini tinchlantiradi. Kunning birinchi yarmida banan isteʼmol qilsangiz, kechqurun sizda uyquchanlik va holsizlik paydo boʻladi.

Olxoʻri B6 vitaminining manbayi boʻlib, ular melatonin biosintezini kuchaytirgani uchun uyquchanlikka sabab boʻladi.

Kivida tanani tinchlantiruvchi C vitamini va karotenoidlar bor. Kechki ovqatdan soʻng kivi yeyish uyqu sifatini yaxshilaydi.

Yogʻli baliqlar-Losos, midiya, tunes baligʻi kabi yogʻli dengiz mahsulotlari D vitamini va omega-3 kislotalari bilan toʻyingan boʻlib, ular serotonin ishlab chiqarishni tartibga solishda ishtirok etadi. Shuningdek, qizil ikra ham uyquni keltirishi isbotlangan.

Kurka goʻshti parhezbop hisoblanadi. Undagi triptofan moddasi suli yormasi kabi uyquchanlikni keltirib chiqaradi.

Rafinadlangan uglevodlar .Shirinliklar, guruch, makaron va non mahsulotlari vazn ortishi bilan birga energiyani tez sarflanishiga olib keladi. Ular qondagi shakar miqdorini qisqa vaqtda oshirib, insulin moddasi kamayishiga va uyquchanlikka sabab boʻladi

Ushbu tavsiyalarga talabalarning  nafaqat sessiya payti,qolaversa doimiy tarzida kun davomida amal qilishlari,ularni energiyaga to’lib, tetik bo’lib darslarda faol ishtirok  etishlari uchun yordam beradi.

Maqola muallifi

Nilufar Rahimova