Tadbir 13-mart kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tanlov shaklida tashkil etildi.
Birinchi bosqichda har bir jamoa uchun 20 tadan savol berildi va 8 ta jamoa turnirning ikkinchi bosqichiga yo‘llanma oldi. Qayd etilishicha, musobaqaning yakuniy bosqichida jamoalarga har bir to‘g‘ri javob uchun bir balldan, tezkor javob uchun esa 1,5 balldan berilgan.
Final bosqichining o‘ziga xosligi shundaki, xato javob bergan ishtirokchi o‘yindan chetlashtirildi, jamoa esa o‘yinchini ikki ochko evaziga qaytarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.