Endi Respublika bo’ylab barcha talabalar o’z g’oyalarini amalga oshirishlari mumkin

20 sentabrdan boshlab Ziyo Forum xalqaro fan va ta’limni rivojlantirish jamg’armasi Respublikamizning oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’z loyihalarini taqdim eta boshladi.

Ushbu taqdimot davomida ular Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqanddagi filiali, Farg’ona davlat universiteti, Termez davlat universiteti, INHA universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Shahrisabz davlat pedagogika instituti kabi bir qancha oliy o’quv yurtlariga tashrif buyurishdi.

Kelajakda ular mamlakatning boshqa universitetlariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqdalar. Jamg’armaning maqsadi O’zbekiston hududida joylashgan barcha oliy o’quv yurtlariga tashrif buyurishdir.

Ushbu sayohatlar bilan Ziyo Forum jamoasi butun Respublika yoshlariga o’z g’oyalarini amalga oshirishda yordam berishni va shu bilan iqtidorli talabalar bazasini shakllantirishni rejalashtirishgan.

Jamg’arma 2019 yilda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va mamlakatning yuqori malakali yoshlar kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan.