Ijarada yashovchi talabalar uchun ijara haqining bir qismini qoplash tartibi soddalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq talabalarning o’qishi uchun oylik ijara haqining bir qismi talabalarga Toshkent shahri bo’yicha ijara shartnomasi summasidan qat’i nazar bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (330 ming so’m), qolgan hududlarda bazaviy hisoblash miqdorining yarmi (165 ming so’m) to’lanishi belgilandi.

Talabalarga ijara haqining bir qismini to’lash bo’yicha bir qator talablar bekor qilindi va talabgorni aniqlash mezonlarini belgilash vakolati universitet huzuridagi komissiyaga topshirildi.

Sentyabr va oktyabr oylarida talabalar uchun oylik ijara haqining bir qismini ijara shartnomasini tuzmasdan qoplash tartibi joriy etildi.