Yoshlar masalalari agentligi Tarix instituti Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda iqtidorli yoshlar va ijtimoiy hayotda faol tarixchilarni Oʻzbekiston tarixi milliy maktabi yangi avlodini shakllantirishda qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yosh tarixchilar uchun yozgi darslar” loyihasini yoʻlga qoʻymoqda.
Loyihada barcha oliy ta’lim muassasalarining yosh tarixchilari (bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar) ishtirok etishlari mumkin.
Loyiha doirasida yosh tarixchilar uchun sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, o‘zaro tajriba almashish, tarixiy tadqiqotlar yangiliklari bilan tanishish, turli ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari tashkil etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram orqali @JuraboyevKomil bilan bog‘laning.
Ro‘yxatga olish 17-maygacha davom etadi.