“Yangi O‘zbekistonni o‘z qo‘llarimiz bilan quramiz” shiori ostida yangi insholar tanlovi eʼlon qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda bakalavriat talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonni o‘z qo‘llarimiz bilan quramiz!” shiori ostida insholar tanlovi tashkil etildi.

Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin – 30 million so‘m
2-o‘rin – 20 million so‘m
3-o‘rin – 10 million so‘m

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar o‘zlari tahsil olayotgan oliygohning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlariga murojaat qilishlari mumkin.