2022/2023 o‘quv yilida Urganch davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilingan talabalar o‘qishlarini tegishliligi bo‘yicha Urganch davlat pedagogika institutida boshlaydi.
Urganch davlat pedagogika instituti faoliyatini moliyalashtirish 2022 yilda respublika budjetidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2023 yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Yangidan tashkil etilayotgan Urganch davlat pedagogika institutining dastlabki faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan joriy ta’mirlash va zarur jihozlarni xarid qilish ishlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Urganch davlat universitetining Urganch shahri, Gurlan ko‘chasida joylashgan bino va inshootlari, tegishli hududi hamda mavjud barcha jihozlari bilan birgalikda Urganch davlat pedagogika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.