Xususiy universitetlarda qabul bundan buyon yiliga bir marta iyun-sentyabr oylarida amalga oshiriladi.
«Ta’lim to’g’risidagi qonun» ga kiritilgan o’zgarishga ko’ra, oliy o’quv yurtlariga yilning istalgan vaqtida kirish mumkin emas, aniqrog’i, har yili 1 oktyabrgacha oliy o’quv yurtiga kirish mumkin.
Ushbu o’zgarish quyidagicha boshqariladi:
Endi barcha xususiy universitetlar Oliy ta’lim vazirligining yagona HEMIS tizimiga biriktirilishi yoki allaqachon biriktirilgan bo’lishi kerak. Xususiy universitet bundan buyon talabani har yili 1 oktyabrgacha ushbu tizimga kiritishi lozim.