Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universitetining 3-bosqich talabasi Mariam Grigoryevna Bochorishvili ispan tili bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi.
Tadbir Qozog‘istondagi Gumilyov nomidagi Yevrosiyo Milliy universitetining Chet tillar kafedrasi tomonidan o‘tkazildi. Olimpiadada, shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston universitetlarida ispan tilini chet tili sifatida o‘rganayotgan yana 16 nafar talaba ishtirok etdi.
JIDU jamoasi Mariam Bochorishvilini g‘alabasi bilan tabriklab, kelgusidagi ilmiy faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tiladi.